"Nottingem Forest" 17-transferga tayyorlanmoqda
20 avg 2022 22:32
Yangiliklar
"Nottingem Forest" 17-transferga tayyorlanmoqda
"Nottingem Forest" klubi "Atalanta" himoyachisi Xans Xateburning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, "Atalanta" ham "Udineze"dan Brandon Soppi bilan shartnoma imzolaganidan keyin 28 yoshli niderlandiyalikni sotib yuborishga tayyorlanmoqda.
Xatebur 2017 yildan buyon "Atalanta" tarkibida o'ynamoqda. Bunga qadar u "Groningen"da harakat qilgan. Uning transfer summasi 13 million evro atrofida bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, bunga qadar "Vulverxempton"dan Morgan Gibbs-Uayt nottingemliklar safiga kelib qo'shilgan va u klubning yangi mavsum uchun 16-transferiga aylangandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar