So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  7 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  3 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

"Norchaev bo'lmasa, Berdievda boshqa variant bor. U maydonga tushsa "Navbahor"ga qiyin bo'ladi - Bugungi final oldidan mutaxassis fikri Yangiliklar

"Norchaev bo'lmasa, Berdievda boshqa variant bor. U maydonga tushsa "Navbahor"ga qiyin bo'ladi - Bugungi final oldidan mutaxassis fikri

Bugun O'zbekiston Coca Cola kubogida "Navbahor" - "Nasaf" jamoalari to'qnash keladi.

Namanganliklar oradan 24 yil o'tib mamlakat kubogining hal qiluvchi bosqichiga etib keldi. 1998 yil "Paxtakor" markaziy stadionida "Neftchi"ga qarshi finalda 2:0 hisobida g'alabani tantana qilgan uchrashuvda "Navbahor"ning gollariga SHuhrat Rahmonqulov va Anvar Soliev mualliflik qilgan edi. Bir necha soatlardan so'ng start oladigan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvidan oldin taniqlik sobiq futbolchi SHuhrat Rahmonqulov jamoalarning imkoniyatlarini chamaladi va 24 yil avvalgi uchrashuvni yodga oldi. 

Navbahor

Doniyor Abdumannopov - 58'

O'zbekiston kubogi . 4-tur

30/10/2022, 17:00

2
:
1
Tugadi

Nasaf

Akmal Mozgovoy - 29', Mateus Lima - 101'

45'
90'
120'
58'  Doniyor Abdumannopov
58'  Zoran Marushich
71'  Davron Hoshimov (Stanislav Andreyev)
74'  Yovan ZHokich
83'  Doniyor Abdumannopov (Diyor Turopov)
109'  Asadbek Sobirzhonov (ZHasur YAxshiboev)
29'  Akmal Mozgovoy
29'  Marko Stanoevich
63'  Sharof Muhitdinov (SHerzod Nasrullaev)
63'  Oybek Bozorov (Bahrom Abdurahimov)
90'  Bahrom Abdurahimov
98'  Dilshod Saitov (Zafarmurod Abdurahmatov)
101'  Mateus Lima
101'  Zafarmurod Abdurahmatov
107'  Zafarmurod Abdurahmatov

 — Fikrimcha, bugungi finalda yirik hisob qayd etilmaydi. Jamoalar ko'proq ehtiyotkorlikka etibor qaratadi. "Navbahor"da yurtimizning eng tajribali futbolchilar yig'ilgan. "Nasaf"da esa barchasi uyg'unlashgan. Aksariyat futbolchilar akademiyadan birga katta bo'lgan. Lekin tajriba jihatdan har tomonlama ustunlik namanganliklar tomonida. Mutaxassis sifatida teng o'yin bo'lishini balki g'olib ekstra-taym, penaltilar seriyasida aniqlanishini taxmin qilaman. 

— Bevosita 1998 yilgi finalga kelsak, bugungidek katta shov-shuvli bo'lmagan. 45 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan "Paxtakor" stadioniga 2,5 ming muxlis kelgan. Bu o'sha vaqt uchun juda kam edi. O'yindan oldin yigitlarga "Neftchi"ni ishonch bilan yutamiz, degandim. Amalda 2ta gol farqi bilan ustun kelgandik. Oddiy o'yin sifatida qabul qilganmiz. 

Husain Norchaev katta yo'qotish. Lekin "Nasaf" bir futbolchiga qarab qoladigan jamoa emas. Buni ko'p bor isbotlagan. Ro'ziqul Berdievda boshqa variantlar borligiga ishonaman. Deylik Lima Kruz uning o'rnini bilintirmasligi mumkin. U maydonga tushsa "Navbahor"ga qiyin. Ikkinchidan esa akademiyadan etishib chiqayotgan yosh futbolchilar bor. Biror yangi nomni ham ko'rarmiz. 

— "Navbahor"ning finalga chiqishi, muvaffaqiyatli yurishlari Samvel Babayanning mehnati. Bosh murabbiyning ishi yaqqol ko'rinib turibdi. Jamoada Babayan imzosi bor. OCHLda o'ynaydigan darajaga olib chiqdi. Yana qaerda, Namanganda! Bu erda oson emas. O'ynash ham, ishlash ham qiyin.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика