So’nggi yangiliklar

16:06"Хоразм" — "Қўқон-1912". Асосий таркиблар маълум  1 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  19 15:18"Ливерпуль" — "Эвертон". Мерсисайд дербиси учун таркиблар маълум  7 14:51Футзал. Ўзбекистоннинг Фаластинга қарши ўйин учун таркиби маълум  2 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  32 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  12 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  3 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  13 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  2 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  12

No'mon Hasanov: "Ikkinchi taymda 14 kishiga qarshi o'ynadik" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Ikkinchi taymda 14 kishiga qarshi o'ynadik"

Superliganing 20-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar katta murabbiyi No'mon Hasanov o'z fikrlarini bildirdi.




"Birinchi taymda ikki jamoa bir-biriga munosib o'ynadi, ko'plab vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Ikkinchi taymda negadir 14 kishiga qarshi o'ynadik desak ham bo'ladi. O'zi hakamlar haqida gapirmasdim. Lekin bugungi o'yindan keyin shunga majburman.

Nimalar bo'lganini barcha ko'rib turibdi-ku. Kiyim almashtirish xonasiga kirdim, bazi futbolchilar yig'lab o'tirishibdi. Bunday futbolni biz ko'tara olmaymiz. Bugungi o'yinga futbolchilarni nega tayyorladim? Ikkinchi taymdagi mana shu qarorlar uchunmi? Yaqqol qizil kartochka berilmadi. Ikkinchi taym boshidan hakamlar g'alati ishlashdi, yosh hakam bo'lgani uchun o'zini yo'qotib qo'ydi shekilli.

O'tgan turda ham o'z maydonimizdagi bahsda "Metallurg" futbolchisining qo'liga to'p tegdi, agar o'sha penalti bo'lganida yutib ketardik. Bu narsani hatto TVda ham muhokama qilishmadi. O'zim ham futbolchi bo'lganman, lekin bunaqasini hali ko'rmaganman", - deydi No'mon Hasanov.

- So'nggi 4ta turni qanday tarzda o'tkazgan maqul?
- Agar birinchi davrada neytral maydonda o'ynagan bo'lsak, demak ikkinchi davrani ham neytral maydonda o'tkazish adolatdan bo'ladi.

- Bahsli vaziyat bo'lganida hakamga nima dedingiz?
- O'sha vaziyatda hakamdan nega qizil kartochka berilmadi deb so'radim. Sababi futbolchi kelib boshi bilan zarba berdi. Qanot hakami ham o'sha vaziyatni ko'rib turgandi. Xayronman.

- Ivan Solovyov va Islombek Isoqjonov nima uchun bugun qaydnomada ham yo'q edi...
- Ular "Metallurg" bilan o'yinda jarohat olishdi. SHifokorlar bilan maslahatlashib dam berishga qaror qildim. Bu futbolchilar Jizzaxga ham kelishmadi. To'g'ri qildim deb o'ylayman. Sababi oldinda "Bunyodkor" bilan o'yin ham bor. Nasib qilsa ular tarkibga qo'shilishadi. Hali mavsum tugagani yo'q. Bugun g'alaba uchun maydonga tushgandik, afsuski kimlarningdir aybi bilan yutqazib qo'ydik.

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика