So’nggi yangiliklar

11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  0 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  3 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  7 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  13 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3

No'mon Hasanov: “Bugun yutqazmadik. Bizga omad etishmadi” Yangiliklar

No'mon Hasanov: “Bugun yutqazmadik. Bizga omad etishmadi”

Superliga 1-turidan o'rin olgan “Buxoro” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi No'mon Hasanov va Javohir Sidiqov ishtirok etishdi.

No'mon Hasanov: - Bugun chiroyli o'yin, jang bo'ldi, deyishim mumkin. Futbolchilarga katta rahmat. CHunki ular barcha ko'rsatmalarimni to'g'ri bajarishdi. Qo'qondan kelgan muxlislardan uzr so'rayman. Boisi ular yaxshi niyatlar bilan kelishgandi. Bugun yigitlar bor kuchlarini berib harakat qilishdi. Hali oldinda o'yinimizlar ko'p. 

Ishqibozlarimizni xursand qilamiz. “Buxoro” jamoasi yaxshi shakllangan. Tajribali futbolchilar to'plangan. Buxorodan ochko olib ketish boshqa jamoalarga ham oson bo'lmaydi. Bizda uchta golga tortadigan vaziyatlar bo'ldi. Ulardan foydalana olmadik. Bitta xato evaziga o'yinda mag'lubiyatga uchradik.  

Bugun biz yutqazmadik. Bizga omad etishmadi. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Bugungi xatolardan xulosa chiqaramiz.

Javohir Sidiqov: - Avvalo, chiroyli o'yin bo'ldi. Bugun “Buxoro”ga o'z maydonida to'p surgani ham yordam berdi. Lekin bu bahona bo'la olmaydi. CHempionat bahslari hali oldinda. Biz o'tgan yilgi natijalarni qaytarishga harakat qilamiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика