So’nggi yangiliklar

10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  0 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  4 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  3 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  12 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  2 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  15 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  7 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  6 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  15

No'mon Hasanov: "Bu uchrashuvda murabbiylar taktikasi katta rol o'ynaydi" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Bu uchrashuvda murabbiylar taktikasi katta rol o'ynaydi"

Tajribali mutaxassis, o'z vaqtida "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalarida to'p tepgan No'mon Hasanov turning markaziy uchrashuvidan avval fikrlarini bildirib o'tdi.

"Turning eng qaynoq va markaziy o'yini. "Paxtakor" bu uchrashuvda g'alaba qozonsa yoki durang o'ynasa, chempionlikni hal qiladi. Yutqazsa, imkoniyat baribir saqlanib qoladi. Ustunlik albatta "Paxtakor" tomonida. Jamoa o'z maydonida o'ynaydi. Ochkolar bo'yicha ham raqibidan ilgarilab ketgan. Bu uchrashuvda murabbiylarning tanlagan taktikasi katta rol o'ynaydi.

"Paxtakor" o'yinni himoyadan qurmaydi, deb o'ylayman. Bu jamoaga qiyinchilik tug'diradi. Boz ustiga, "Paxtakor" futbolchilari chemponatimizda pressing qo'llab, raqibga bosim o'tkazgan holda hujumga o'tadi. Umuman, ikki jamoaga ham omad tilayman. SHaxsan men yaxshi o'yin tarafdoriman. 

"Paxtakor"ni bu yil kuchsiz demagan bo'lardim, lekin ijrochilar tomonlama yo'qotishlar bo'ldi, deya olaman. Birgina Abbos Fayzullaevning tark etishi qanchalik sezildi. SHunga qaramay, tarkibda ko'plab yoshlar sahnaga chiqdi. Bir necha yillardan beri klub strukturasi buzilmaydi. Bu jihati tahsinga loyiq. 

"Nasaf" jamoasini yaxshi bilaman. Klub yosh futbolchilarni etishtirib berishni to'g'ri yo'lga qo'ygan. Fidoyi murabbiylar, futbolchilarni tarbiyalaydi. "Nasaf" o'yin sifati bo'yicha barcha jamoadan ustun. Bitta o'yinda turli taktikalardan foydalanadi. Futbolchilar katta ishtiyoq bilan o'ynaydi. 

Vodiy jamoalariga birinchi navbatda mahalliy futbolchilar etishmaydi, chunki yoshlarga etibor yo'q. SHaroit yo'q. Sport maktablari yomon ahvolda. Jamoada 50 foiz mahalliy futbolchi o'ynashi kerak. Ular jamoada jonini berib o'ynaydi. 

Ertangi uchrashuv chempionatimizning haqiqiy bezagi bo'la oladi. O'ylaymanki, biz murabbiylar bahsni kimnidir yutishi uchun emas, chiroyli o'yin uchun rohatlanib tomosha qilamiz", – dedi Hasanov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика