So’nggi yangiliklar

21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00ЕЧЛ. "Қайрат" - "Реал" баҳси асосий таркиблари маълум!  22 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  36 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  14 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  10 19:48Гвардиола "Манчестер Сити" футболчисининг "Реал"га ўтишига тўсқинлик қилган  4 19:20ЎФА нега жим?  11 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  9 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  22 18:23Деку "Барселона"нинг Нико Уильямсга бўлган қизиқишини рад этди  3 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  2 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  2 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  5

Nodirbek To'ychiev: "Andijon futboli muxlislar uchun" Yangiliklar

Nodirbek To'ychiev: "Andijon futboli muxlislar uchun"

Bugun “Andijon” klubi qarorgohida Andijon viloyati hokimi, Andijon viloyati futbol federaciyasi prezidenti SH.Q.Abdurahmonov “Andijon” jamoasi azolari bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuvda “Andijon” jamoasining fidoyi muxlislari ham ishtirok etishdi. Viloyat rahbarining futbolchilar bilan bo'lgan uchrashuvidan keyin “Andijon” fan-klubi raisi Nodirbek To'ychiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Avvalo viloyatimiz hokimiga “Andijon” jamoasiga bo'lgan etibori uchun muxlislar nomidan minnatdorchilik bildiraman. Mavsumga tayyorgarlik paytida viloyat rahbarini jamoa holidan xabar olishi albatta, futbolchilarning kayfiyatini ko'taradi. Viloyatimiz hokimi klub mutasaddilari, murabbiylar va futbolchilarga ishonch bildirmoqda va jamoani har taraflama qo'llab-quvvatlashini aytib o'tdi. Bundan biz muxlislar ham xursand bo'ldik.
Yangi mavsumda “Andijon” jamoamiz yangi rahbariyat va murabbiylar bilan ish boshlamoqda. Bu borada klub prezidenti Zafar Ahmedovich Zulunov, vice-prezident Marufjon Abdusalomov, klub direktori Bekzodbek Karimov, shuningdek, bosh murabbiy etib tayinlangan Nozim Mullaoxunovlarga yaxshi niyatda boshlagan ishlariga omad tilaymiz. Jamoa fan-klubi raisi sifatida shuni aytamanki, biz muxlislar ularni hamisha qo'llab-quvvatlaymiz. Hammamiz bir tanu bir jon bo'lib, birgalikda bo'laylik. 



Jamoaga tajribali mutaxassis Usmon Toshevni maslahatchi murabbiy sifatida ishlashi haqida gapirilmoqda. Bu murabbiy so'nggi yillarda OFK yo'riqchisi sifatida o'z malakasini oshirib bormoqda. Agar Toshev jamoamizda maslahatchi murabbiy bo'lib ishlaydigan bo'lsa, “Andijon” uchun foydali bo'lishiga ishonamiz.

Ayni paytda jamoamizning yangi mavsumga tayyorgarligi qizg'in pallaga kirgan. Jamoada Anvar Berdievdek futbolchi borligidan xursandmiz va tarkibga yana 5-6 nafar mahoratli o'yinchilar qo'shilsa, jamoada raqobat yanada ortadi. Bundan tashqari, birinchi ligada viloyatimiz sharafini himoya qiladigan “UzDongJu” jamoasidan ham iqtidorli bolalar “Andijon” safiga qo'shilishgan. Ikki-uch yil ichida jamoamizdan ham mahalliy yaxshi o'yinchilar chiqishiga ishonamiz. SHuningdek, “Andijanka” ayollar jamoasini ko'tarilishida o'z hissasini qo'shayotgan Marufjon Abdusalomovni “Andijon” klubida ham ish boshlashi biz muxlislarni xursand etdi. Ishonamizki, Abdusalomov “Andijon” jamoamizni ham rivojlanishiga o'z hissasini qo'shadi. Eng asosiysi hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib, ahillikda ishlaylik. “Bobur yurti Andijon, biz senga beramiz jon”!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика