So’nggi yangiliklar

21:23Туркия. "Генчлербирлиги" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:12Шерзод Жўраев: "Насаф" билан бошқача ўйин кўрсатгандик, бугун эса бошқа жамоага айланиб қолдик"  4 20:51Испаниянинг Грузия ва Туркияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 20:20Бенито Муссолинининг чевараси билан тўп тепаётган Жейми Варди Италияда футболдан завқ олмоқда  2 20:01Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди  156 19:55Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Навбаҳор"дан ишончли ҳисобда устун келди  21 19:35Франция терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  1 18:58Рюдигер "Челси"га қайтиши мумкин  2 18:31"Барселона" собиқ устози "Атланта" бош мураббийи этиб тайинланди  0 17:56"Навбаҳор" қарзларидан қутулди  10 17:44АПЛда ўтган ойнинг энг яхши футболчиси аниқ!  0 17:31АПЛда ўтган ойнинг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:44Роналду: "Менгача Португалия бирорта соврин ютмаганди, аммо ҳозир учта титул бор"  31 16:07Алан Ледесма: "Ўзбекистонга қарши кеч реакцияга киришдик"  4 15:40Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйингача яхшилашимиз керак бўлган камчиликлар бор"  6

Nobel Arustamyan: "CHindan Toshkentda qarindoshlarim bor" Yangiliklar

Nobel Arustamyan: "CHindan Toshkentda qarindoshlarim bor"

Teglar :  Nobel Arustamyan
Soat 19:00da "Paxtakor" stadionida O'zbekiston va Italiya A seriyasi afsonalari o'rtasidagi o'yin boshlanadi.

Ushbu jarayonni bevosita stadiondan sharhlab borishi uchun rossiyalik sharhlovchi Nobel Arustamyan ham taklif qilingan. "Championat.asia"ning rossiyalik jurnalisti Nikolay Egorichev mehmonning taassurotlari bilan qiziqdi.  

"Ha, chindan Toshkentda qarindoshlarim bor. SHunday bo'lganki, bir-birimizni umumiy tanishlar orqali topganmiz. Mehmonga biror joyga borishga ulgurmadim. Sababi dasturim juda tig'iz, tashkilotchilar bilan ko'rishdim, meni Toshkentga anchadan buyon taklif qiladigan tanishlarim bor edi. Ular kelishim bilan meni "etiborga ko'mib tashlashdi". 

Bugun bazi etiborga loyiq joylarda bo'ldik. Nomini eslolmayapman, bir masjidga bordim, uning ichiga ham kirdim. Jarayon qiziq bo'ldi va menga juda yoqdi. Tabiiyki osh edik, sho'rva ichdik. Qandaydir sharshaga ham bordik. Umuman olganda barchasi ajoyib va taqvim juda tig'iz.   

Kecha tashkilotchilar tomonidan o'ziga xos kechki ovqat dasturxoni yozildi. Taomnomani tuzishda milliylikka alohida etibor qaratilganini sezdim. Bularning barchasi menga yoqdi.    

O'zbekistonlik futbolchilar chet elga tanilib ulgurgan. Bu kuchsiz terma jamoa emas. O'zbekiston termasi doim JCH yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. Jamoangizga doimo 1-2 ochko etmay qoladi va bu meni ranjitadi. Muntazam ravishda mundial uchun kurashning oxirgi bosqchilariga qadar etib borilgani uchun futbolchilaringiz malum darajada mashhurlikka ega. Rossiyadagi muxlislar uchun har holda yaxshi tanish o'yinchilaringiz bor.    

O'yinga bir soatdan ko'proq vaqt qolmoqda. Muxlislarning kattagina qismi esa kelib bo'lgan. O'ylashimcha, birozdan so'ng bu erda katta bayram bo'ladi. 

Men Zakkardo, Jilardinoni avvaldan taniyman. Biroq bu erda ular uchun tuzilgan maxsus dasturi bor va shu sabab ularni chalg'itmaslikka qaror qildim. Mehmonxonada faqatgina ikki og'iz suhbatlashdik. Ular ham kutib olish va kecha bo'lgan kechki ovqat, milliylikdan hayratda", - dedi Nobel Arustamyan. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика