So’nggi yangiliklar

21:23Туркия. "Генчлербирлиги" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:12Шерзод Жўраев: "Насаф" билан бошқача ўйин кўрсатгандик, бугун эса бошқа жамоага айланиб қолдик"  4 20:51Испаниянинг Грузия ва Туркияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 20:20Бенито Муссолинининг чевараси билан тўп тепаётган Жейми Варди Италияда футболдан завқ олмоқда  2 20:01Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди  156 19:55Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Навбаҳор"дан ишончли ҳисобда устун келди  21 19:35Франция терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  1 18:58Рюдигер "Челси"га қайтиши мумкин  2 18:31"Барселона" собиқ устози "Атланта" бош мураббийи этиб тайинланди  0 17:56"Навбаҳор" қарзларидан қутулди  10 17:44АПЛда ўтган ойнинг энг яхши футболчиси аниқ!  0 17:31АПЛда ўтган ойнинг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:44Роналду: "Менгача Португалия бирорта соврин ютмаганди, аммо ҳозир учта титул бор"  31 16:07Алан Ледесма: "Ўзбекистонга қарши кеч реакцияга киришдик"  4 15:40Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйингача яхшилашимиз керак бўлган камчиликлар бор"  6

Ertangi o'yinni kim sharhlashini bilasizmi? Terma jamoamiz sardori qaysi futbolchi bo'ladi? Italiya chempionati yulduzlari nimalar dedi? Matbuot anjumani (batafsil) Yangiliklar

Ertangi o'yinni kim sharhlashini bilasizmi? Terma jamoamiz sardori qaysi futbolchi bo'ladi? Italiya chempionati yulduzlari nimalar dedi? Matbuot anjumani (batafsil)

Xabaringiz bor, bugun tongda Italiya A seriyasining taniqli futbolchilari Toshkent shahriga etib kelishdi.

Kunning ikkinchi yarmida navbati bilan tadbirlar start oldi. Dastlab mehmonlar poytaxtimizdagi "Bunyodkor" stadioniga tashrif buyurishdi va klub muzeyi bilan yaqindan tanishdilar. Undagi sovrinlar, o'zbek futboli tarixiga oid malumotlar berildi. 



SHu kunning o'zida "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida Italiya chempionati afsonalari Daniele Massaro, Alberto Jilardino, Vensan Kandela, Aldair va o'zbek futbolining yulduz futbolchilari Viktor Karpenko, Server Jeparov, Anvar G'ofurov, Kamoliddin Murzoev ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi. SHuningdek, rossiyalik taniqli sharhlovchi Nobel Arustamyan ham o'zining fikrlari bilan o'rtoqlashganini ko'rishimiz mumkin. Yakunda yosh futbolchilar uchun mahorat darsi ham tashkillashtirildi. 



Ertangi uchrashuvni Nobel Arustamyan va Mirzahakim To'xtamirzaev sharhlab borishini aytib o'tish joiz.


Quyida anjumanda yangragan eng sara fikrlarni mutolaa qiling. 

Vensan Kandela ("Roma", Franciya terma jamoasi sobiq futbolchisi): Avvalo bunday sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Eldor SHomurodov "Roma"da debyut mavsumini o'tkazmoqda. Qolaversa Joze Mourinyu ham. Bu jamoada taktika ham o'zgacha. SHomurodov ko'p tushmagan bo'lsa ham, o'ynagan uchrashuvlarida foyda keltirgan. Texnikasi, jismoniy holati menga manzur kelgan. Ayrim jihatlar ustida ishlasa, SHomurodov kuchli futbolchi bo'lishi shubhasiz

Nobel Arustamyan: (Rossiyalik taniqli sharhlovchi) - Assalomu alaykum (o'zbek tilida). Bunday tadbirda ishtirok etish yoqimli. Ochig'i orzularim va rejalarimda bu o'lkaga kelish, madaniyati, futboli bilan tanishish niyatim bor edi. Moskvada ko'plab o'zbekistonliklar bor. Ular bilan do'stona aloqadaman. O'zbekiston futbol yurti. Aksariyat futbolchilarni bilaman. Ayniqsa Eldor SHomurodov. Italiyada uning mehmoni bo'ldim. Bu erda futbolni qanchalik yaxshi ko'rishlarini his qilmoqdaman. Talkif uchun katta rahmat.

Daniele Massaro ("Milan", Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi): 1994 yil Jahon chempionatidagi penaltidan uchralgan mag'lubiyatni unutish oson bo'lmagan. Lekin o'sha musobaqada futbolchilar o'z qobiliyatlaridan baland o'ynashgan. Har bir futbolchi maksimal o'ynagan. Biroq tan olish kerak, Braziliya terma jamoasi futbolchilarining texnikasi yuqori bo'lgan. Oradan 12 yil o'tib Jahon chempionligini qo'lga kiritganimiz mag'lubiyatni o'rnini to'ldirgan. 

Viktor Karpenko ("Bunyodkor", O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi): Menimcha, ertangi o'yinda g'alaba unchalik katta ahamiyatga ega emas. Muhimi muxlislarga chiroyli futbol ko'rsatish. Natija? Qancha ko'p gol bo'lsa ishqibozlarga shuncha yaxshi.

Alberto Jilardino ("Milan", Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi): -  "Milan" juda yosh jamoa. Ularga motivaciya beradigan Ibragimovich bor. Tajriba ham muhim. Klub ortida turgan Maldini, Massaro bilganlari bilan o'rtoqlashmoqda. 

Aziz Haydarov ("Bunyodkor", O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi) : Futbol yulduzlari ishtirokida shou bo'ladi, deb aytildi. Milliy terma jamoa libosini kiysangiz o'z-o'zidan g'alabani o'ylaysiz. O'ylaymanki, bir-birimizni hurmat qilib oyoqni olib qochmasdan futbol o'ynaymiz. Sardor kim bo'ladi? SHu paytgacha sardorlar ko'p bo'lgan. Milliy jamoada o'ynaganmiz, sardor bo'lmaganmiz. Buni o'zlari hal qilib olishadi. Biz kichkina futbolchilarmiz. 

Anvar G'ofurov ("Bunyodkor", O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi): Muxlislar shou o'yinidan yaxshi kayfiyatda ketishlari kerak.

 


Kamoliddin Murzoev ( AGMK jamoasi sobiq futbolchisi): Ushbu tadbirni tashkil qilgan barchaga rahmat. Endi mazkur loyiha haqida gapiradigan bo'lsam, qaysidir manoda o'zbek futbolining 110 yilligining kulminacion nuqtasi hisoblanadi.


Fotosuratlar muallifi: Jahongir Fayzullaev

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика