Nobel Arustamyan: "Agar CHerchesov fikridan qaytmasa, Jirkov, Fernandes va Golovin bugun o'ynamaydi"
25 iyu 2018 14:05
Yangiliklar
Nobel Arustamyan: "Agar CHerchesov fikridan qaytmasa, Jirkov, Fernandes va Golovin bugun o'ynamaydi"
Rossiyalik sharhlovchi Nobel Arustamyan Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav CHerchesov Urugvayga qarshi bahsda tarkibda qanday o'zgarishlar qilishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Agar hech qanday voqea yuz bermasa va CHerchesov fikridan qaytmasa, bugungi tarkibda 3ta o'zgarish bo'ladi. Murabbiy kecha shunday reja tuzgan. Turli sabablarga ko'ra Jirkov, Fernandes va Golovin o'ynamaydi.
O'ylashimcha, Golovin turnirdagi ikkinchi sariq kartochkadan asrashmoqda.
Ularning o'rniga Smolnikov, Kudryashov va Aleksey Miranchuk tushadi.
Biroq men uchun asosiy savol - Fyodor Smolov asosiy tarkibda o'ynaydimi?" - deydi Arustamyan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar