So’nggi yangiliklar

22:58Ўзбекистон U17 термаси Ирландияга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  0 22:23Виталий Левченко: "Бундай майдонда ижодкор футбол намойиш эта олмайсиз"  15 22:10Суперлига. "Бухоро" – "Нефтчи" 1:1   1 21:55Миржалол Қосимов: "Ҳозир майдонга чиқиб ундоқ қиламан-бундоқ қиламан деган билан иш битмайди"  2 21:37Лени Йоро "Реал"га эмас, "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусланмайди  3 21:23Туркия. "Генчлербирлиги" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  10 21:12Шерзод Жўраев: "Насаф" билан бошқача ўйин кўрсатгандик, бугун эса бошқа жамоага айланиб қолдик"  12 20:51Испаниянинг Грузия ва Туркияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 20:20Бенито Муссолинининг чевараси билан тўп тепаётган Жейми Варди Италияда футболдан завқ олмоқда  2 20:01Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди  175 19:55Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Навбаҳор"дан ишончли ҳисобда устун келди  21 19:35Франция терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  2 18:58Рюдигер "Челси"га қайтиши мумкин  2 18:31"Барселона" собиқ устози "Атланта" бош мураббийи этиб тайинланди  0 17:56"Навбаҳор" қарзларидан қутулди  11

Nobel Arustamyan SHomurodovning "Yuventus"ga transferi haqida nima dedi? Yangiliklar

Nobel Arustamyan SHomurodovning "Yuventus"ga transferi haqida nima dedi?

Mashhur futbol insayderi Nobel Arustamyan Italiya matbuotida yuzaga kelgan o'zbekistonlik hujumchi Eldor SHomurodovning "Yuventus"ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabatini bildirdi

Ko'pchilik ushbu mavzuga hazil aralash munosabatda bo'lishdi. Italiyada yanvar oyi transferlarga va turli nomlarga to'la bo'ladi, aksariyat hollarda nima bo'lishini oldindan aytish mushkul. Ayniqsa, "Yuventus" tarkibida bunday holatlar ko'p uchraydi. Yaqinda bu klub Xitoyda bir necha yillardan beri o'ynab kelayotgan 35 yoshlik Graciano Pelle yoki olti yil oldin Turinda to'p tepgan tengdoshi Fernando Lorente yoki faoliyatini yakunlash arafasidagi Fabio Kvalyarellani ham o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'ldi. 

Klub Andrea Pirloning oldiga hujumchi sotib olish vazifasini qo'ygan. Boisi jamoaning hujumi aniq bir shaklga kirmagan. U erda Ronaldu, Morata va Dibaladan boshqa hech kim yo'q.

Xo'sh, SHomurodov haqidagi mish-mishlarga ishonasizmi?

Birinchidan manbaa "Tuttosport" gazetasi, afsuski u Italiyada eng obro'siz nashrlardan biri hisoblanadi. Ko'pincha tekshirilmagan malumotlarni beradi va xatoga yo'l qo'yadi. Boshqa tomondan esa bu Turin OAVi. Ajablanarlisi ushbu gazeta birinchilardan bo'lib 2018 yilda Ronalduning "Yuventus"ga o'tishi haqida yozgan. Ko'pchilik bundan hayratlangan edi. Lekin bu transfer amalga oshdi. 

Eldor "Jenoa"da yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Uning Genuyaga kelganiga ko'p bo'lmadi, atigi ikkita gol urdi. Lekin yaqinda kelganiga qaramasdan jamoaning eng yaxshi hujumchisiga aylandi. Menimcha SHomurodovning "Yuventus"da paydo bo'lib qolishi fitna. Sabr qiling va kuzatishda davom eting. Klub atrofida hali boshqa ismlar paydo bo'ladi",-

Ikkinchi omil Valerio va Gabriele Juffrida. Ular Miranchukning "Atalanta"ga o'tishiga ko'maklashishgan. SHomurodovning "Jenoa"ga o'tishida bu agentlar ham hissa qo'shgan. Ikkisi ham sport direktori Fabio Paratichi bilan juda yaqin aloqada. Miranchukning so'zlariga ko'ra, Juffrida u bilan muloqot qilgan. 

Men ProSport menejmenti rahbari German Tkachenko bilan bog'landim. U "Yuventus"ning qiziqish bildirayotgani haqidagi savolga izoh bermadi, lekin amalga oshishiga ishonadi. "Hozicha SHomurodov transferga muhtoj emas. U "Jenoa"da o'z o'yinini topmoqda. Agar Eldor shunday o'ynashda davom etsa vaqt o'tishi bilan Italiyaning kuchli klublaridan biriga o'tadi"


Valeriy Karpin: "SHomurodov "Yuventus"da? Bo'ridan qo'rqsangiz o'rmonga bormang"

"Yuventus"da moliyaviy ahvol yaxshi emas, shu sabab klub SHomurodovni ijaraga olmoqchi

Reyting: -28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика