Nketia London klubiga o'tishi mumkin
06 may 2022 16:11
Yangiliklar
Nketia London klubiga o'tishi mumkin
"Arsenal" hujumchisi Eddi Nketia yozda erkin agent maqomida "Kristal Pelas"ga o'tishi mumkin.
"Pelas" bosh murabbiyi Patrik Vieyra o'yinchining transferiga yozdagi muhim bitim sifatida qaramoqda.
"Arsenal" ustozi Mikel Arteta bir necha bor Nketiani tarkibda saqlab qolishni xohlashini aytdi. Ammo, forvardning oldida "kanonirlar"ning yana bir hujumchini xarid qilishni rejalashtirayotganini hisobga olsa o'yin amaliyoti masalasi borasida savollar turibdi. Nketianing yozda "Arsenal"dan ketishi kutilmoqda. O'yinchi uchun bir necha davogarlar bor, ulardan biri "Kristal Pelas"dir.
Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar