So’nggi yangiliklar

10:41Италиянинг Молдова ва Норвегияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 10:12Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  1 09:49"Пахтакор" афсонаси, собиқ футболчиси Тўлаган Исоқов вафот этди  8 09:43А Сериянинг октябрь ойидаги энг яхши футболчиси ва мураббийи маълум қилинди  0 09:14ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:45Португалия терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  3 08:29Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор" 3:1   0 08:16Sofascore. Туркияда тўпурарга айланиб олган Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:47U-17 ЖЧ. Осиё жамоаларидан ҳар хил натижалар. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:15U-17 ЖЧ. Ўсмирларимиз бугун Ирландияга қарши баҳс олиб боради  6 00:50Арне Слот: "Барқарор ўйин кўрсатаётганимизда ҳам мағлуб бўлдик"  0 00:31Саудия Арабистони. Дубль, иккита қизил, иккита автогол: "Ал Ҳилол"дан иродали ғалаба  3 00:15Лапорта "Камп Ноу" ҳақида: "Бу биздан кейинги авлод учун мерос"  0 23:59Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди, Шомуродовдан мавсумдаги 8-гол  45 23:35Пеп Гвардиола: "Клопп давридаги "Ливерпуль" билан рақобат орқали "Манчестер Сити" ҳам ўсишга эришганди"  1

Nikola Lazarevich: "Raqib ikkinchi taymda shunchalik zo'r o'ynadiki, jamoamizga hech qanday imkoniyat qoldirmadi" Yangiliklar

Nikola Lazarevich: "Raqib ikkinchi taymda shunchalik zo'r o'ynadiki, jamoamizga hech qanday imkoniyat qoldirmadi"

Superliga 8-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – AGMK (1:4) uchrashuvidan keyin navoiyliklar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Natijadan qoniqqanim yo'q. SHunday bo'lib qoldi. Lekin bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Individual xatolar tufayli imkoniyatlarimiz yo'qqa chiqdi. O'ylaymanki, tashkil etgan vaziyatlarimizdan foydalanganimizda o'yin umuman boshqacha kechardi. 

Raqib hujumi xavfli ko'rinish olishini bilardik. Ular qarshi hujumga ham yaxshi o'tishadi. Oxirgi 30-35 daqiqada hech qanday qarshilik ko'rsata olmadik. Qaerda xato qilganimizni bilish uchun o'yinni batafsil tahlil qilib chiqishimiz lozim. 

- "Qizilqum" legioneri Aleksandar Stanisavlevich umuman yaxshi o'ynay olmadi. Uning paslari ham juda noaniq ko'rinish oldi...

- Ha, u bugun yomon ko'rindi. Biroq u tajribali futbolchi, bir o'yin taqdirini ham hal qila oladi. Unda qulay vaziyatlar yuzaga keldi, ammo foydalana olmadi. Raqib ikkinchi taymda shunchalik zo'r o'ynadiki, jamoamizga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

- Ignatiy Nesterovning o'yinini qanday baholaysiz?

- Qariyb 40 yosh bo'lgan posbonimiz shu paytgacha yaxshi o'ynab kelayotgandi. Bugungi gollarni ko'rib chiqishimiz kerak. O'ylaymanki, u katta xatolarga yo'l qo'ymadi.

- SHuhrat Muhammadievni nega almashtirdingiz?

- SHuhrat charchagan va kichik jarohat olganday tuyuldi. U bir necha kun jarohatini davolab, endigina safga qaytgandi. SHunga almashtirishga qaror qildik.

- Jarohatlangan Erkin Baydullaev va Bobur Yuldashev haqida nima deya olasiz?

- Baydullaev betob bo'lib qolgan. SHifokorlar unga hozircha o'ynashga ruxsat berishmadi. Yuldashev ham jarohatda. Umid qilamanki, keyingi gal safda bo'lishadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика