So’nggi yangiliklar

17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  9 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  10 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  4 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  2 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  6 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  2 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2

Nikola Lazarevich: "O'yin boshida yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmaslik - jamoamizning og'riqli nuqtasi" Yangiliklar

Nikola Lazarevich: "O'yin boshida yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmaslik - jamoamizning og'riqli nuqtasi"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirib o'tdi.




- O'yin haqida fikrlaringiz

- Birinchi navbatda "Paxtakor" va Slavche Voyneskini tabriklamoqchiman. Ular g'alabaga loyiq edilar. Biz bunday o'yinni kutmagandik. O'yin boshida yigitlarim harakat qilishdi. Bizda vaziyatlar ham bo'ldi. Ammo bu jamoamizning asosiy kamchiligi bo'lib qolmoqda. O'yin boshida yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmaslik - jamoamizning og'riqli nuqtasi. Keyin esa o'zimiz gol o'tkazib yuboryapmiz. Birinchi bo'limning boshlarida temp yuqori bo'ldi. Keyin esa temp biroz tushdi. Ikkinchi bo'limning oxirlarida esa jismoniy holatimiz sabab biror narsa qila olmadik. "Paxtakor" futbolchilarining jismoniy holatlarini ham etirof etish joiz. Oldinga intilishda davom etamiz. Keyingi o'yinga tayyorlanishni boshlash kerak. 

- Ikkita o'zgarishni amalga oshirganingizdan va jamoa gol o'tazib yubordi...

- Albatta, Stanislavlevichni o'zgartirish avvaldan rejalashtirilgandi. Zoteevda charchoq alomatlari sezilib qoldi va shu sabab uni almashtirdik. Afsuski, gol o'tkazib yubordik. Gol juda chiroyli bo'ldi. Ammo bunga o'zimiz yo'l qo'yib berdik.

- "Qizulqum" 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchrab turganida ham 5 ta himoyachi bilan harakat qildi. SHu pallada taktikani o'zgartirib, hujumga etibor qaratish ham mumkin edi...

- Biz taktikani kechroq o'zgartirdik. Sababi, biz golgacha ikki o'yinchini o'zgartirib bo'lgandik. Ular o'zlarini zaxiraga olishni so'rashdi. Jamoaga yangi kuchlar qo'shilgandan so'ng taktikani o'zgartirish haqida o'yladik.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика