Neymar "Strasbur"ga qarshi o'yin tugamasidanoq "Park de Prens"ni tark etdi
29 dek 2022 15:57
Yangiliklar
Neymar "Strasbur"ga qarshi o'yin tugamasidanoq "Park de Prens"ni tark etdi
Braziliyalik futbolchi ikkinchi taymda maydondan chetlatildi.
PSJ hujumchisi Neymar Liga 1 16-turi doirasidagi "Strasbur"ga qarshi o'yinda (2:1) qizil kartochka olganidan so'ng his-tuyg'ularini jilovlay olmadi.
Canal+ xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi o'yin yakunini kutmasdan "Park de Prens"ni tark etdi.
Eslatib o'tamiz, 61-daqiqada Kleman Tyurpen Neymarga birinchi sariq kartochkani ko'rsatgan bo'lsa, oradan bir daqiqa o'tib ikkinchi ogohlantirishni taqdim etdi. Hakam hujumchi simulyaciya qildi deb hisobladi.
PSJ hujumchisi joriy mavsumda ilk bor qizil kartochka oldi. 30 yoshli braziliyalik ushbu mavsum parijliklar safida barcha turnirlarda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar