So’nggi yangiliklar

22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  1 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  15 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  17 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  19 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  26 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  58 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  6

Neymar: “Real"ga urgan golim o'zgacha” Yangiliklar

Neymar: “Real"ga urgan golim o'zgacha”

Mashmashalar qarshisida qolgan Neymar esa “Mundo Deportivo” nashri muxbiri bilan suhbatda jamoadoshlari, g'alabalar va boshqa masalalar xususidagi savollarga javob qaytardi.


- Messi yo'qligida barcha siz masuliyatni qo'lga olishingizni kutmoqda. Bunga tayyormisiz?

- Bolaligimdayoq masuliyatni o'zimga olganman, “Santos”da, terma jamoada. Bu erda holat boshqacharoq. Vazifamizni bilamiz, maydonda nima qilishdan xabardormiz. Men sheriklarimga yordam berish uchun qo'limdan kelgan barchasini qilaman.

- Bu chaqiriq sizni cho'chitmayaptimi?

- Qiyinchiliklarga qaramay, vaziyat meni cho'chitgani yo'q. Messining jarohati engil emas, lekin unda tiklanish jarayoni yaxshi kechmoqda. U barchasidan qoniqish hosil qilyapti.

- “Bayer” bilan uchrashuvda jamoaga qarata tribunalardan hushtakbozlik qilishdi. Bu yoqimsiz bo'ldimi?

- To'g'risi, bundan ajablandim. Bizga bu maqul kelmaydi, albatta. Bu futbolning bir qismi. Ammo barchamiz birgalikda jamoa uchun imkoni bor ishlarni amalga oshiryapmiz. Muxlislardan bizga o'tgan mavsumdagidek munosabatda bo'lishlarini so'rardim. Oxirgi vaziyatgacha bizga ishonishsin. Ular biz bilan birga bo'lsa, kuchliroq bo'lamiz.

- O'tgan mavsumdagi trebldan keyin bu mavsumda vazifa qanday?

- Biz yutish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarda g'alaba qozonishimiz lozim. Bu yil jarohatlar tufayli boshlang'ich qism biz uchun omadli o'tmadi. Lekin bu bugungi muammo. Endi hammasi yaxshi bo'ladi va futboldan ko'proq rohat olishimizga umid qilaman. Jamoa bilan tarixdagi natijalarni yaxshilab, ko'proq sovrinlarga ega chiqishni xohlayman.

- “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish uchun yakuniy uchlikda bo'lish maqsadingizmi?

- Albatta, uch davogardan biri bo'lishni xohlardim. Bu juda ajoyib bo'lardi. Bunda Messi asosiy davogar. Sovrin uning uchun tayyorlab qo'yilgan. U amalga oshirgan ishlari uchun bunga arziydi.U bilan yonma-yon o'sishda davom etishga umid qilaman. Messi men uchun kumir va eng yaxshidir. Undan ko'p narsalarni o'rgana olsam, bir kun jahonning eng yaxshi futbolchisiga aylanishim mumkin.

- O'tgan mavsumda siz, Messi va Suares birgalikda 122 to'p kiritdingiz. Bunday muvaffaqiyatning siri nimada?

- Biz ko'pchilikni ajablantirdik. Hech kim bunday yaxshi o'ynay olishimizni kutmagandi. Ko'pchilik bir-birimizni yomon tushunishimiz haqida gapirdi, lekin men darhol bu borada muammo bo'lmasligini bilgandim.

- “Barsa” bilan shartnomani uzaytirishni istaysizmi?

- Bu erda juda baxtiyorman. Yaxshi moslashib ketdim. Yana 3 yillik shartnomam mavjud va bunday narsalar bilan otam shug'ullanadi. Hozir etiborimni jamoa bilan sovrinlar yutishga qaratganim maqulroq.

- “Barsa”da 100 uchrashuvdan ortiq o'yinda harakat qildingiz. Ulardan qay biri alohida yodingizda qoldi?

- Birinchi, Superkubokda “Atletiko”ga qarshi va Berlinda CHempionlar ligasi finali. Final alohida eslashga arziydigan o'yin. “Nou Kamp”da “Seltik”ka urgan 3 golim yodda qolgan. Yana “Atletik” bilan o'tgan mavsum kubok finalidagi bellashuv ham. Umuman olganda, muhim o'yinlar ko'p bo'lgan. Gollardan esa “Real”ga birinchi mavsumda urganimni eslayman. Birinchi klassikoda to'p kirita olgandim. Bu umrbod xotiramda qoladi.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика