So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  3 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Neymar Namanganda, Benzema esa Olmaliqda. OFK CHempionlar ligasida klublarimizga qarshi o'ynaydigan asosiy yulduzlar Yangiliklar

Neymar Namanganda, Benzema esa Olmaliqda. OFK CHempionlar ligasida klublarimizga qarshi o'ynaydigan asosiy yulduzlar

Juda ham ko'plab taniqli futbolchilar.

Kecha OFK CHempionlar ligasi guruh bosqichi uchun saralash marosimi o'tkazildi. Bizning klublarimizga esa quyidagi raqiblar tushdi:
"Paxtakor" – "Al Fayxa", "Ahal", "Al Ayn";
"Nasaf" – "Al Sadd", "Al Fasayli", "SHarja";
OKMK – "Al Ittihad", "Sepaxan", "Al Kuva";
"Navbahor" – "Al Hilal", "Nassaji", "Mumbay Siti".

Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev o'zbek klublariga qarshi o'ynaydigan (albatta, agar ularning barchasi O'zbekistonga kelsa) eng taniqli futbolchilar ro'yxatini tayyorladi.

"Paxtakor"
"Paxtakor"ning guruhi eng engili. Tabiiyki, "sherlar"ning raqiblarida yulduz o'yinchilar yo'q. Umumiy fonda esa quyidagi o'yinchilar ajralib turibdi:

Sufyan Rahimi ("Al Ayn"), Marokash terma jamoasining 27 yoshli vingeri: 16ta o'yin, 6ta gol va 1ta assist. Bozor narxi – 5,5 mln evro;

Alexandro Romero ("Al Ayn"), Paragvay terma jamoasining 28 yoshli yarim himoyachisi: 14ta o'yin, 4ta gol. MLSning "Nyu-York Red Bullz" jamoasi safida uch mavsum o'ynagan. Bozor narxi – 5 mln evro;

Genri Onekuru ("Al Feyxa"), Nigeriya terma jamoasining 26 yoshli vingeri: 16ta o'yin, 2ta gol va 2ta assist. U faoliyati davomida "Galatasaray", "Adana Demirspor", Belgiyaning "Eypen" va "Anderlext", shuningdek "Olimpiakos" va "Monako" jamoalarida o'ynagan. Uzoq vaqt davomida "Everton"ga tegishli bo'lgan, ammo Angliya klubida o'ynab keta olmagan. Bozor narxi – 5,5 mln evro;

Feshn Sakala ("Al Feyxa"), Zambiya terma jamoasining 26 yoshli forvardi: 22ta o'yin, 6ta gol va 4ta assist. Faoliyatining boshida "Spartak" (Moskva)ning ikkinchi jamoasida harakat qilgan, "qizil-oqlar"ning asosiy jamoasida esa imkoniyat berilmagan. Sakala shuningdek Belgiyaning "Ostend" va SHotlandiyaning "Reynjers" klublarida o'ynagan. Feshn ikkinchisi bilan o'tgan yozda UEFA Evropa ligasisning finaliga qadar etib borgan. Sakala qaysidir payt Stiven Jerrard qo'l ostida "Reynjers" safida o'ynagan. Uning bozor narxi 5,5 mln evroni tashkil etadi.




"Nasaf"
Qarshiliklarga yana "Al Sadd" tushdi. Jamoalar 2022 yilning bahorida OFK CHempionlar ligasi guruh bosqichida to'qnash kelishgan. O'shanda "Nasaf" "Al Sadd"ga biror marta ham yutqazmagan (1:1 durang va 3:1 g'alaba).
Tarkibga kelsak, qatarliklar safida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:

Jovanni, 19 yoshli braziliyalik vinger. O'z mamlakatining yoshlar (U-20) jamoasida o'ynaydi. Bozor narxi – 10 mln evro;

Mateus Uribe, 32 yoshli yarim himoyachi. Kolumbiya terma jamoasida 47ta o'yin (5ta gol, 2ta assist) o'tkazgan. Uribening eng taniqli klubi u 2019 yildan 2023 yilga qadar o'ynagan "Portu" bo'lgan. Mateusning Transfermarkt bo'yicha narxi 6 mln evroni tashkil etadi;

Romen Saiss, 33 yoshli marokashlik himoyachi. O'z mamlakat term ajamoasida 75ta o'yin o'tkazgan, uzoq vaqt davomida Franciyada to'p tepgan ("Klermon", "Gavr", "Anje"), shundan so'ng Angliyaning "Vulverxempton"iga o'tgan. Saiss u erda olti mavsumni o'tkazdi va "Beshiktash"ga o'tdi. Yaqinda esa "Al Sadd" o'yinchisiga aylandi. Bozor narxi – 5 mln evro;

Gonsalo Plata, 22 yoshli vinger. Yosh bo'lishiga qaramay, Ekvador terma jamoasida allaqachon 34ta o'yin (5ta gol va 5ta assist) o'tkazgan. "Sporting" va "Real Valyadolid" safida harakat qilgan. Bozor narxi – 5 mln evro;

Bog'dod Bunedja, jazoirlik 31 yoshli hujumchi. U milliy jamoada 61ta o'yin (25ta gol va 11ta assist) o'tkazgan. Bozor narxi – 4 mln evro;

Akram Afif, qatarlik 26 yoshli vinger. Osiyoda o'z poziciyasidagi eng yaxshi o'yinchilardan. Deyarli butun faoliyatini o'z vatanida o'tkazgan, qisqa vaqtga esa Belgiya ("Eypen") va Ispaniya ("Vilyarreal", "Sporting Xixon")ga borib kelgan. Bozor narxi – 4 mln evro;

Rodrigo Tabata, braziliyalik 42 yoshli faxriy. 2016 yildan Qatar terma jamoasida o'ynashni boshladi. U Braziliyada "Santos", Turkiyada esa "Beshiktash" va "Gaziantepspor"da harakat qilgan. Qatar chempionati tarixida o'yinlar (243) va urilgan gollar soni (136) bo'yicha eng yaxshi o'yinchilardan biri.

"SHarja"da Miralem Pyanich ("Lion", "Roma", "Yuventus", "Barselona" va "Beshiktosh" sobiq o'yinchisi), Pako Alkaser ("Valensiya", "Borussiya Dortmund", "Barselona", "Vilyarreal") va Kostas Manolas ("Roma", "Napoli")ni ajratib ko'rsatish mumkin.




OKMK

Olmaliqqa OFK CHempionlar ligasi o'yiniga tanishtirish shart bo'lmagan "Al Ittihod" bilan birgalikda Fabino, Karim Benzema va Ngolo Kante kelishi kerak. Ushbu o'yinchilar uzoq vaqt davomida Evropada yuqori darajada o'ynashdi, endilikda esa Saudiya Arabistonida futbol darajasini ko'tarishadi. SHuningdek, portugaliyalik Jota ("Liverpul"dagi Diogu Jota bilan adashtirmang)ni qayd etish lozim, u Portugaliya yoshlar terma jamoasi, "Benfika", "Real Valyadolid" va "Seltik" safida to'p tepgan. SHuningdek, Eron terma jamoasining ko'plab futbolchilari o'ynaydigan "Sepaxan"ni ham esdan chiqarish kerakmas – masalan, Omid Nurafkan, Reza Asadi, SHaxriyar Moganlu va Payyam Niazmand. Ularning barchasi yaqinda CAFA Millatlar kubogi 2023 finalida O'zbekistonga qarshi o'ynashgan.




"Navbahor"
Ammo, eng yulduzli tarkib "Navbahor"ga tushdi. Agar omadimiz kelsa, Namanganda Neymar, Sergey Milinkovich-Savich, Ruben Nevesh, Malkom, Aleksandr Mitrovich, Kalidu Kulibali va yaqinda "Al Hilol"ga o'tgan Yassin Bununi ko'ramiz. Bu o'yinchilarni ham tanishtirish shartmas – ko'plab futbol muxlislari ularning nomlarini juda yaxshi bilishadi.

Yuqorida sanab o'tilgan o'yinchilarning barchasini O'zbekiston stadionlarida ko'rishga umid qilamiz. Va albatta, jamoalarimizning muvaffaqiyatiga ishonamiz.



Nikolay Egorichev tayyorladi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика