Neymar 3 mln dollar jarimadan qutulib qoldi
11 apr 22:11
Yangiliklar
Neymar 3 mln dollar jarimadan qutulib qoldi
Avvalroq "Al Hilol" futbolchisining Braziliyadagi saroyida tegishli ruxsatsiz suniy ko'l qurdirgani aytilgandi.
Braziliya sudi futbol yulduzi Neymarga o'tgan yili Rio-de-Janeyro chekkasidagi uyida ekologik licenziyasiz ko'l qurgani uchun belgilangan 3 million AQSH dollari miqdoridagi jarimani bekor qildi.
Sudya Adriana Ramos de Melloning qarorida loyiha aslida maxsus ekologik ruxsatnomalarni talab qilmasligi tasdiqlangan.
Neymar Mangaratiba shahridagi saroyni 2016 yil sotib olgan. Braziliya matbuoti xabariga ko'ra, u erda vertolyot porti, spa saloni va sport zali ham mavjud.
Fikrlar