Neymar: “Agar Suniga 2 sm pastroqqa tekkanida, men nogironlar aravachasida bo'lar edim”
11 iyu 2014 14:21
Yangiliklar

Neymar: “Agar Suniga 2 sm pastroqqa tekkanida, men nogironlar aravachasida bo'lar edim”
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar jarohat olgan holat bo'yicha matbuot-anjumani o'tkazdi.
22 yoshli futbolchi kolumbiyalik futbolchi sababli jarohat olgan, Neymar unga nisbatan g'arazi yo'qligini, ammo Xuan Suniga to'p uchun kurashda chegaradan chiqib ketganini takidladi.
“Bu holatni men qabul qila olmayman. Futbolni tushunadigan har qanday kishi ham haqqoniy kurash bo'lmaganligini tushunadi. Suniga orqadan hujum qilganida, men o'zimni himoya qila olmasdim. Ana o'sha paytda menga xudo yordam berdi. Agar Suniga 2 sm pastroqqa tekkanida, men hozir nogironlar aravachasida bo'lar edim.
Meni unga nisbatan g'arazim yo'q. Hattoki u menga qo'ng'iroq qilib, bu ishni qilishni xohlamaganini va afsusdaligini aytdi. Men uning keyingi faoliyatida omad tilayman” – deydi Neymar.

Fikrlar