So’nggi yangiliklar

12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  0 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  0 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  6 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  7 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2

"Neftchi"ning raddiyasi sayt xabarini tasdiqladi Yangiliklar

"Neftchi"ning raddiyasi sayt xabarini tasdiqladi

Teglar :  Neftchi
Biroz avval "Neftchi" rasmiy sayti bugun saytimizda chiqqan xabarga raddiya yozgan edi.


Sayt xabari:

Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, kecha "Neftchi" jamoasiga xomiylik qiluvchi zavod raxbari klubdagi barchani ishdan olgan. Ayrim xodimlar FNKIZ ixtiyoriga o'tgan.

Xodimlar o'rtasidagi qarzlarni yopgan holda, "Neftchi"ni bugungi axvolga tushirib qo'ygan "mutaxassis"larga chiqish eshigi ko'rsatilgan.

Ayni paytda "Neftchi" muxlislari o'zlarini qo'yarga joy topa olmayaptilar. Klub endi bo'lmaydimi? Aslo unday emas. Hokimiyat yangi yildan zamonaviy "Neftchi"ni shakllantirishni maqsad qilayapti.


"Neftchi" rasmiy sayti xabari:

"Neftchi" klubi mazkur malumotlarni to'liq asossiz deya baholaydi.

Haqiqatdan ham 29 dekabr kuni Qirgulidagi qarorgohda FNQIZ va klub xodimlari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

SHundan so'ng kun tartibidagi ikkinchi masalaga to'xtalib o'tildi. Yani yanvar oyidan boshlab “Neftchi” klubida yangi shtat setkasi ishlab chiqiladi. SHu sababli, bugungi kunga qadar jamoada mehnat qilib kelgan barcha ishchi-xodimlar FNQIZ ixtiyoriga o'tkazildi. Ular mehnat jarayonlarini zavod xodimi sifatida davom ettirishlari mumkin bo'ladi.

“Neftchi” klubi rahbariyati yanvar oyidan boshlab yangi shtat setkasi asosida bir qator xodimlarni yana klubga qaytaradi.

Guvohi bo'lganingizdek, "Neftchi" klubining raddiyasi, aslida "CA"da chiqqan xabarni tasdiqlab turibdi.

"CA"ning bu xabarni yozishidan maqsad, klubni yo'q qilib yuborishni oldini olish. Kechagi yig'ilishdan keyin ko'plab muxlislardan kelib tushgan murojaatlar bo'ldi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика