So’nggi yangiliklar

17:55Суперлига. "Машъал" - "Навбаҳор" учрашувида ғолиб аниқланмади  10 17:26Суперлига. "Динамо" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  5 17:15Суперлига. "Андижон" – "Хоразм". Таркиблар маълум  2 17:04"Нефтчи"нинг ОФК кубогида 5:4 ҳисобида ғалаба қозонгани ёдингиздами?   3 16:49Кенжа Тўраев ва Зафар Полвонов Қашқадарё вилояти футбол академиясида меҳмон бўлди  1 16:28"Арсенал" собиқ футболчиси АПЛга қайтиши мумкин  0 15:53Антони: "Шахсан Компанининг ўзи мени "Бавария"га таклиф қилганди"  0 15:25Туркия терма жамоаси Испанияда ўғриликка дуч келди  1 14:56"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосари учун қанча тўлайди?  0 14:29Тимур Кападзе Индонезияда!  25 13:52"Ливерпуль" мухлислари учун хушхабар: Алиссон тузалди  1 13:25Рэшфорд "Барселона" машғулотларини ўтказиб юборди  0 12:58"Манчестер Юнайтед" хавбеки Италия чемпиони сафига ўтишга қизиқиб қолди  2 12:32ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади  38 12:06Англиянинг 5 карра чемпиони, "Манчестер Сити" собиқ сардори фаолиятини тугатганини эълон қилди  1

"Neftchi"ning OFK kubogida 5:4 hisobida g'alaba qozongani yodingizdami? Yangiliklar

"Neftchi"ning OFK kubogida 5:4 hisobida g'alaba qozongani yodingizdami?

Teglar :  Saut CHayna Neftchi
"Retro futbol" rukni orqali navbatdagi o'yinni yodga olamiz.

2009 yil OFK kubogi 1/4 final doirasida Gongkongning "Saut Chayna" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvga to'xtalishni lozim, deb topdik.

Farg'ona klubi o'sha yil "A" guruhida "Busaytin" (Bahrayn), "Al Ahad" (Livan) va "Al Tilol" (Yaman) klublari bilan kurash olib boradi. Farg'onaliklar 6ta o'yindan 11 ochko to'plab "Busaytin" (12 ochko) bilan birga keyingi bosqichga chiqishadi. Nimchorak final bahslari o'sha paytda bitta o'yindan iborat bo'lardi. "Neftchi" guruhda ikkinchi bo'lgani uchun "E" guruhida birinchi o'rinni olgan Suriyaning "Al Majid" klubi mehmoni bo'lgan. 26 mayda bo'lib o'tgan bahsning asosiy hamda qo'shimcha taymlarida jamoalar gol ura olishmaydi. G'olib penaltilar seriyasida aniqlangan edi. Futbol lotoreyasida "Neftchi" posboni Yuriy Coy raqibning ikki zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'lib qahramonga aylangan. Farg'onaliklar penaltilar seriyasida 3:1 hisobida zafar quchib chorak finalga chiqishgandi.

Umumiy hisobda 9ta gol urilgan bahs yakunida Farg'ona shahri klubi 5:4 hisobidagi g'alabani tantana qilgandi. Anvar Berdiev shu kuni poker qayd etgan bo'lsa, yana bir golga jamoa sardori Mansurjon Saidov mualliflik qilgan. "Saut Chayna" ilk o'yinda taslim qilinganiga qaramasdan "Neftchi" javob bahsida safarda 0:1 hisobida mag'lub bo'ladi. Safarda urilgan gol qoidasiga ko'ra gonkongliklar keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritadi. O'sha o'yin videosini MANA BU ERDA ko'rish mumkin. 

OFK kubogi-2009. 1/4 final, birinchi o'yin
"Neftchi" - "Saut Chayna" 5:4
15 sentyabr 2009 yil. Farg'ona, "Neftchi" stadioni. 13500 tomoshabin.
Bosh hakam: 
Mahmud Masud (O'mon).
Gollar: 
Mansurjon Saidov 5, Ambassa Jerard 32, Anvar Berdiev 33, Ramon 36, Kvok Kin Rong 40, Anvar Berdiev 44, Anvar Berdiev 80, Leandro Karrio 85, Anvar Berdiev (pen) 90
"Neftchi": 16. Yuriy Coy, 4. Maksim Usmonov, 7. Mansurjon Saidov, 10. Anvar Berdiev, 11. Aziz Alijonov, 19. Sherzod Hakimov (9.Ilya Kovalenko, 57) (20.Timur Islamov, 73), 22. Iqboljon Akramov, 24. Asqarjon Muhiddinov, 25. Azizjon Ibragimov (2.Akmal Xoliqov, 46), 26. Alisher Holiqov, 29. Vladimir Radkevich
Zaxiradagilar: 1.Hislat Chilmatov, 5.Nasim Shoimov, 6.Baxtiyor Yoqubov, 12.G'ayrat Jumaev.
Bosh murabbiy: Yuriy Sarkisyan.



Reyting:    

Fikrlar

   
21 noy 17:59:24
F.K.N.
Шу ўйинда стадионда расмга тушгандим ҳозир ҳам сақлаб қолганман. Ажойиб даврлар эди.
   
21 noy 17:51:28
Bek Bek
Osha oyinni bevosita stadionda kuzatganman ajoyib davrlar edi.
   
21 noy 17:21:33
Fayzulloh
Kechagiday esimda stadiondan tomosha qilganman
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика