So’nggi yangiliklar

22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  2 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  6 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  162 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  41 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  4 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  27 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  8

"Neftchi"ning natijalari shunchaki tasodif emas" - SHarof Muhitdinov yangi jamoasi haqida nimalar dedi? Yangiliklar

"Neftchi"ning natijalari shunchaki tasodif emas" - SHarof Muhitdinov yangi jamoasi haqida nimalar dedi?

"Neftchi" jamoasi yozgi transferlar oynasi vaqtida vaqtida yarim himoyachi SHarof Muhitdinovni qo'shib olganini elon qildi.

Mavsumning dastlabki qismini Eronning "Sanat Naft" klubida o'tkazgan futbolchi endilikda farg'onaliklar sharafini himoya qiladi. Yangi jamoasi, taklif va fors o'lkasidagi faoliyati haqida SHarof Muhitdinovning fikrlarini tingladik. 

- Dastlab Erondagi faoliyatingizga to'xtalib o'tsangiz. Qanday taassurotlar qoldi? Umuman, Eron klublari bizning futbolchilarga qanchalik mos?

- Erondagi faoliyatim yaxshi o'tdi, deb o'ylayman. CHunki oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik. 

- U erda uzoq vaqt barqaror o'ynab ketish ko'proq qaysi omillarga bog'liq?

- Bilamizki, Eronda ko'proq jismonan va kuchga asoslangan futbol o'ynaladi. Barqaror o'ynab ketish uchun yuqoridagi xislatlardan tashqari biroz vaqt ham talab etiladi. 

- Eron klubi faoliyatingizdagi to'g'ri qaror bo'ldimi? Ko'nglingiz to'ldimi?

- Albatta, ko'nglim to'ldi. Murabbiylar, rahbariyat ham qoniqdi, deb o'ylayman. Ular menga yana shartnoma taklif qilishdi. 

- "Neftchi" taklifining o'ziga jalb qilgan asosiy tomoni nimada bo'ldi? Qaysi faktor klub chorlovini qabul qilishingizda ustunlik berdi?

- Qanday jamoaga kelganimni, masuliyatni tushunib turibman. "Neftchi" – tarixiy jamoa. Klub oldiga qo'yilgan vazifani bajarishga o'z hissamni qo'shmoqchiman. 

- "Neftchi"ning birinchi davradagi natijalarida kimning hissasi ko'proq bo'ldi?

- Bu natijalar shunchaki tasodif emas. Muvaffaqiyatda barchaning hissasi bo'lishi tabiiy. Muxlislar Farg'onada doim yuqori o'rinlarni, yorqin g'alabalarni kutishadi. Ularsiz futbol qiziq emas. 

- Ikkinchi davrada nima kutish mumkin? "Nasaf" bilan sovrinli o'rinlarni egallagansiz, "Paxtakor" bilan chempionlikni qo'lga kiritgansiz. "Neftchi" bilan maqsadlar qanday?

- Maqsad – faqat yuqori o'rinlar. Birinchi davradan murabbiyni ko'ngli to'lgan, deb o'ylayman. Endilikda tayyorgarlikni puxta olib borishimiz shart. Ikkinchi davrada ham stadionga kelganlarni g'alabalar bilan xursand qila olamiz. 

- "Neftchi"ga kelib qo'shilishingiz tez yuz berdi. Yana takliflar bormidi?

- Boshqa takliflar bor. Ammo ko'nglim "Neftchi"ni tanladi. Xudo xohlasa, bu jamoa bilan ham sovrin yutishni istayman. O'tish tezda yuz berganiga kelsak, transfer oynasi ochildi va biz kelishuvga erishdik. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика