So’nggi yangiliklar

08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  5 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  3 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  5 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  8 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  16 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5

"Neftchi" vs "Qo'qon-1912". Ustunlik qaysi jamoa tomonida? Yangiliklar

"Neftchi" vs "Qo'qon-1912". Ustunlik qaysi jamoa tomonida?

Superliganing 1-turida "Neftchi" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'yindan oldin ushbu to'qnashuv haqidagi malumotlarni taqdim etamiz.


O'zaro o'yinlar

Ushbu jamoalar O'zbekiston chempionatlarida shu kunga qadar 28 bora to'qnash kelishgan. “Neftchi” 19 ta o'yinda g'olib bo'lgan, 3 marta durang qayd etilgan. “Qo'qon-1912” bu raqibni olti marta mag'lub etgan. To'plar nisbati “Neftchi” tomonida – 69:36. O'zaro o'yinlarda “Neftchi” 60 ochkoga ega bo'lgan bo'lsa, “Qo'qon-1912” 21 ochkoni qo'lga kiritgan.

"Neftchi" mezbon bo'lgan so'nggi beshta uchrashuv:
29.11.2018 Neftchi - Qo'qon 1912 - 0:2
17.08.2018 Neftchi - Qo'qon 1912 - 1:0
31.03.2017 Neftchi - Qo'qon 1912 - 1:2
10.06.2016 Neftchi - Qo'qon 1912 - 2:1
30.10.2015 Neftchi - Qo'qon 1912 - 0:1


Yangi futbolchilar
Ikkala jamoa ham qishki transfer oynasi vaqtida bir qator yangi ijrochilarni o'z saflariga qo'shib olishdi.

"Neftchi": Husniddin G'ofurov, Marko Sarich, Lutfulla To'raev, Mirzohid G'ofurov, Muhsin Ubaydullaev, Sunnatilla Abdullajonov, Daniel Stoykovich, Doniyor Valiev, Rahmonjon Ro'ziev, Sirojiddin Qo'ziev, SHahzod Ubaydullaev, Abrorbek Ismoilov, Doniyor Narzullaev.
"Qo'qon-1912": Bilolxon Toshmirzaev, Nodir Ashurmatov, Dilshod Rahmatullaev, Jamshid Hasanov, Sanat SHixov, Quvondiq Ro'ziev, SHahzodbek Nurmatov, Diyor Jaloliddinov, Rasul Abdurahmonov, Jamshid Saidvaqqosov, Aziz Erkinov, Murod Komilov, Jamshid Bekdurdiev, Abdulla Yunusov.


Stadion
Uchrashuv Farg'onadagi stadion tamirlanayotgani bois Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida bo'lib o'tadi. Yaqindagi aynan shu stadionda O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin bo'lib o'tgan edi. Bahs soat 18:30da boshlanadi.


Hakamlar

O'yinni Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. O'tgan mavsum ushbu hakam "Qo'qon-1912" ishtirokidagi bitta o'yinda ishlagan. O'sha bahsda qo'qonliklar o'z maydonida "Navbahor"ga mag'lub bo'lishgan. Risqullaev 2021 yilda "Neftchi" ishtirokidagi o'yinda bosh hakam bo'lmagan.


Coca-Cola Superliga. 1-tur
"Neftchi" – "Qo'qon-1912"
2 mart 2022 yil. Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Sanjar SHoyusupov, Aleksandr Sidorov, Lochinbek Dolimov
Nazoratchi: Temur Abdullaev
VAR hakami: Ilgiz Tantashev
VAR assistent: Maksim Nexochin
Komissar: SHerzod Rajabov.


Neftchi

Shahzod Ubaydullayev - 89'

Superliga. 1-tur

02/03/2022, 18:30

0
:
1
Tugadi

Qo’qon-1912

45'
90'
17'  Oybek Qilichev
25'  Daniel Stoykovich
41'  Lutfulla To’rayev (Aleksandar Yeshich)
65'  Oybek Qilichev (Sirojiddin Qo'ziyev)
65'  Abbos G'ulomov (Sunnatilla Abdullazhonov)
65'  Ulug'bek Hoshimov (Marko SHarich)
78'  Izzat Abdullaev (Shahzod Ubaydullayev)
89'  Shahzod Ubaydullayev
90'  Shahzod Ubaydullayev
46'  Sanat Shixov (Sardor Azimov)
77'  Bilol Toshmirzaev (Jamshid Hasanov)
78'  Mo'min Meliev (Shahzodbek Nurmatov)
83'  Oybek Rustamov


"Vodiy derbisi". "Neftchi"ning ilk raqibi uni Pro ligaga kuzatgan jamoa        

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика