So’nggi yangiliklar

11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  5 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  9 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  14 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  4 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  13 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  15

"Neftchi" - "So'g'diyona" o'yini nega qoldirilgan? "Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvi nega qoldirilmayapti? Yangiliklar

"Neftchi" - "So'g'diyona" o'yini nega qoldirilgan? "Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvi nega qoldirilmayapti?

Superliganing ikkinchi davrasi 2 avgust kuni start oladi.

14-turdan o'rin olgan uchta o'yin PFL tomonidan qoldirilgan. Bunga O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Olimpiadadagi ishtiroki sabab bo'ldi.

"Paxtakor", "Nasaf" va "Olimpik" klublari ko'plab futbolchilarining ehtimoliy Olimpiadaga borishi tufayli avgust oyi boshidagi o'yinni qoldirishni so'rab PFLga murojaat qilishgan. PFL vakillari taqvim tuzayotgan paytda "Neftchi"dan 2 nafar asosiy futbolchining ham Olimpiadaga borishini inobatga oldi va "Neftchi" - "So'g'diyona" uchrashuvini ham qoldirishga qaror qildi. Bu haqda 9 iyul kuni barcha klublarga xat yuborildi va PFL rasmiy sahifalarida elon qilindi. To'g'ri reglamentda kamida 3 nafar futbolchi terma jamoaga chaqirilsagina o'yinni qoldirishni so'rab murojaat qilish huquqiga ega. Lekin PFL "Neftchi" vakillari baribir "So'g'diyona" bilan o'yinni qoldirishni so'rab murojaat qilishini va agar shunday bo'lsa taqvim yana buzlishini o'ylab, o'z tashabbusi bilan bahsni kechroq muddatga qoldirdi.




20 iyul kuni "Neftchi" rahbariyati tomonidan PFLga "So'g'diyona" bilan uchrashuvni 3-4 avgust kunlariga qaytarishni so'rab xat yo'llagan. Xatda "Neftchi"ning rejalari buzilib ketishi yozilgan. Biroq taqvim 9 iyul kuni elon qilingan edi va klub 20 iyul kuni xat yo'llagan. Agar reja buzilishi 9 iyul kuni malum bo'lgan bo'lsa 10 yoki 11 iyul kunlari xat yuborishga kim to'sqinlik qilgan? Sababi Superliga o'yini sanasini o'zgartirishni so'rab faqat 20 kundan kam bo'lmagan vaqtda xat yuborish talab etiladi. 14 iyulga qadar xat yuborilganida "Neftchi" - "So'g'diyona" bilan avgust oyi boshida bemalol o'ynay olardi.

"Navbahor" vakillari esa aksincha yaqindagina "Dinamo"ga qarshi 3 avgust kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Superliga o'yinini qoldirishni so'rab PFLga xat yuborishgan. Yaqindagina deganimiz 20 kundan kam vaqt qolganida sodir bo'lgan. "Navbahor" 7 avgust kuni kubok chorak finali doirasida "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi. SHu bois Namangan klubi 4 kun ichida ikkita o'yin o'tkazish og'ir bo'lishini inobatga olib PFLga murojaat qilgan. Ammo "Navbahor"da ayni paytda rasman 1 nafar olimpiyachi bor (Ruslanbek Jiyanov). Tasavvur qilaylik "Navbahor" yana bir olimpiyachini o'z safiga qo'shib oldi va bizda ham ikki terma jamoa azosi bor, o'yinni qoldirib beringlar xuddi "Neftchi" kabi deb murojaat qilishi mumkin. Lekin "Navbahor"da transfer taqiqi bor, demak hali yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.



Etiborlisi bir klub biz 40 kunga yaqin o'yin amaliyotisiz qolib ketdi deb murojaat qilmoqda, boshqa klub esa 4 kunda ikkita o'yin o'tkazamiz qiynalamiz deb murojaat qildi.

PFLdan olgan malumotimizga ko'ra, 9 iyul kungi chiqqan taqvim MTRK, O'zFHM va boshqa tashkilotlar bilan kelishib bo'lingan hamda taqvimga o'zgartirish kiritilmaydi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика