"Neftchi" PFK paxta terimida ishtirok etdi FOTO
22 okt 2017 13:24
Yangiliklar
"Neftchi" PFK paxta terimida ishtirok etdi FOTO
Hosilning yig'im-terimida ishtirok etish esa chin manoda umumxalq xashariga aylanib ketgan. Aytish kerakki, mazkur jarayondan sportchi yoshlar ham chetda qolgani yo'q.
Bugun Farg'onaning "Neftchi" jamoasi o'rinbosarlar va qizlar tarkibi birgalikda paxta terimida ishtirok etishdi. SHu qatori, dalaga futbolchilardan tashqari klub rahbariyati, murabbiylar shtabi hamda xodimlar chiqishdi. Albatta paxta terimida ishtirok etishning o'ziga yarasha gashti bor. Oltiariq tumanining "Yuksalish-sahovat" fermer xo'jaligiga qarashli dala maydonlarida paxta tergan klub azolari mazkur jarayondan chin manoda zavq olishdi. Terimda "Neftchi" PFK vakillariga Farg'ona viloyati futbol federaciyasi vice-prezidenti hamrohlik qildi.
Quyida "Neftchi" vakillarining paxta terimidan fotosuratlarni tomosha qiling.
Fikrlar