So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

"Neftchi" o'z muxlislarini hurmat qiladi Yangiliklar

"Neftchi" o'z muxlislarini hurmat qiladi

Teglar :  Neftchi
Bundan bir necha kun avval rasmiy saytimiz orqali "Neftchi" faqat olg'a intiladi" sarlavhasi ostida bayonot elon qilingan edi.

Mana shu bayonotda jamoaning so'nggi vaqtlardagi muvaffaqiyatsizliklarining sabablari va muxlislarni stadionga chorlash, jamoani qo'llab-quvvatlashga undalgan.

Ammo ushbu bayonot bir qator sport saytlarida umuman noto'g'ri talqin qilingan. (aynan qaysi sayt ekanligi barchaga yaxshi malum. Balki klub saytga rasmiy raddiya qaytarishni, shu orqali o'zini reklama qilishni istagandir. Afsus, ularni istagini amalga oshira olmaymiz)

Emishki, "Neftchi" jamoasining 2018-yilgi omadsiz natijalarida jamoa ishqibozlari aybdor ekan. Ha, aynan klub bayonot berish orqali mag'lubiyatlarda o'z muxlislarini sabab qilib ko'rsatgani uchun qoralangan.

Lekin klub bayonotining hech bir jumlasida Superligidagi omadsizliklarda MUXLISLAR AYBDOR degan jumla mavjud emas. Fikrimizga qo'shilmaganlarga esa, bayonotni qayta o'qib chiqishni tavsiya qilamiz. Aksincha, klub o'zining jonkuyar va sodiq muxlislariga shunday qiyin pallalarda xam futbolchilarni qo'llab quvvatlab turganligi uchun tashakkur izxor qilgan xolda, bazi bir muxlislarga o'yinlar chog'ida jamoa futbolchilariga turli-xil xayqiriq hamda so'kishlar bilan bosim qilmaslikni, va ishonch bildirishga chorlagan xolos. Balkim bir oz tanbex xam bergan, lekin bu jamoa mag'lubiyatida muxlis aybdor degan narsa emas!  



Klub bayonotini noto'g'ri talqin qilgan sayt ijodkorlari jamoa va muxlislar o'rtasida norozilik kayfiyatini keltirib chiqarishi mumkin edi. Ammo klubimiz muxlislari o'z jamoasiga ishonadi va vaziyatni noto'g'ri muhokama qilgan sayt xabariga hatto etibor ham qilishmaydi.
Aslini olganda, saytning asl maqsadi klub va muxlislar o'rtasida murosasizlik oqibatida janjal keltirib chiqarish niyati bo'lgan bo'lsa ajab emas. Lekin sayt chiqargan maqola sarlavhasi kishini kuldirishdan boshqasiga yaramaydi.

So'nggi so'z o'rnida yuqoridagi "aqlli" sayt xodimlariga jamoaning so'nggi bayonotini noto'g'ri talqin etganligi, O'zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan intelektual mulk xuquqlarining buzilishi, yani tayyor materialni muxlislar va jamoa o'rtasida nizo keltirib chiqaruvchi xolatga keltirish va noto'g'ri talqin qilinganligi uchun javobgarlik mavjud ekanligi xaqida eslatib o'tamiz!

Jonkuyar muxlislarimizdan esa ushbu xolat uchun uzr so'raymiz!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика