So’nggi yangiliklar

10:38Ханс-Дитер Флик ПСЖдан учралган мағлубиятга изоҳ берди  3 10:05Гвардиола "Монако"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  0 09:37"Реал"чилар қайтишди. Бразилия терма жамоасининг октябрь ойидаги ўйинлари учун таркиби эълон қилинди  1 09:10Sofascore. Ашурматов "Истиқлол"да дебют баҳсидаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  6 08:21Sofascore. "Андижон" футболчилари кечаги учрашувдаги ҳаракатлари қандай баҳоланди?  3 07:53Винисиус Жуниор дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланиши мумкин  1 07:15ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Аҳли" 0:0   1 02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  16 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  171 01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  4 01:01Сардор Азимов: "Биринчи бўлимда гол уришни мақсад қилгандик. Жамоада муҳит аъло даражада"  3 00:31"Барса" тез орада де Йонг билан шартномани узайтиради  0 00:06ЕЧЛ. "Ньюкасл" йирик ғалаба қайд этди, "Қорабоғ" "Копенгаген"ни енгди  3

"Neftchi" - "Navbahor" o'yiniga oid qiziqarli faktlar Yangiliklar

"Neftchi" - "Navbahor" o'yiniga oid qiziqarli faktlar

Teglar :  NeftchiNavbahor
Kecha bo'lib o'tgan vodiy derbisida kuzatilgan qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.

Eng ko'p: "Neftchi" - "Navbahor" uchrashuvida bosh hakam Ravshan Ermatov jami cho'ntagidan etti marotaba sariq kartochkani olishga majbur bo'ldi. Ogohlantirishlar soni bo'yicha "Vodiy derbisi" 2- turda birinchi o'rinni egalladi.

Eng ko'p: Farg'onadagi uchrashuvni tomosha qilish uchun "Istiqlol" o'yingohiga ikki jamoa tomonidan jami 18278 nafar muxlis kirdi. Bu ikkinchi turdagi eng yaxshi natija hisobalanadi.   

1- Joriy mavsumda birinchi marotaba safarda mag'lub bo'ldik.

2- "Navbahor" ikki yildan buyon ketma-ket chempionatning dastlabki ikki uchrashuvida g'alaba qozona olmadi. "Neftchi"ga qarshi o'tgan o'yin tomoshabinlar to'plash bo'yicha joriy mavsumdagi ikkinchi eng yaxshi ko'rsatgichni namoyish qildi. "Neftchi" Oliy liga 2- turida o'z maydonida g'olib bo'lgan ikkinchi jamoaga aylandi. Fyodorov shogirdlaridan tashqari faqatgina "Paxtakor" mazkur turda o'z maydonida uch ochkoni qo'lga kiritdi.

3- "Neftchi" maydonida o'tgan so'nggi uch qarama-qarshilikning barchasi farg'onaliklarning bir xil 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi.SHuningdek "Neftchi" futbolchisi SHerzod Hakimov ham "Vodiy derbisi"dagi gollari sonini uchtaga etkazdi.

4- Mazkur uchrashuvda to'rt o'yinchimizga bosh hakam sariq kartochka ko'rsatdi. 1:0 hisobi Oliy liga ushbu mavsumida to'rtinchi marotaba qayd etildi. Darvozabonimiz Akmal Ortiqov o'z darvozasidan to'tinchi bor to'p olib chiqdi.

5- Besh yildan buyon "Neftchi" maydonidan "Navbahor" ochkosiz qaytmoqda. Bundan tashqari "navbahorchilar" besh yildan buyon Farg'onada gol ura olishmayapti.

6- O'zbekiston chempionati amaldagi mavsumida endilikda ogohlantirilgan futbolchilarimiz soni oltitaga etdi (A. Rajabov, D. Jabborov, O. Pishur, G'ulomxo'jaev, A. Rahmatullaev, T. SHamsitdinov). SHuningdek amaldagi mavsumda O'zbekiston chempionatida 2- turdan so'ng g'alaba qozonmagan jamoalari oltitani  ("Navbahor", "SHo'rtan", "So'g'diyona", "Mashal", "Andijon", "Olmaliq")tashkil etmoqda.

7- "Neftchi" - "Navbahor" o'yinida jami etti futbolchi ogohlantirildi.

10- Hozircha "Navbahor" chempionatda safar o'yinlarida g'olib bo'lmagan o'n jamoadan biri bo'lib turibdi.

11- "Navbahor" ushbu uchrashuvdan so'ng hozircha o'n birinchi pog'onani band qilib turibdi.

12- "Neftchi" maydonida o'n ikki yildan buyon "Navbahor" g'alaba qozona olmay kelmoqda.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика