So’nggi yangiliklar

23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   0 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  10 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  4 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  166 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  51 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  5 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2

"Neftchi" matbuot xizmati rahbari Toma Tabatadze bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi Yangiliklar

"Neftchi" matbuot xizmati rahbari Toma Tabatadze bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi

"Neftchi" matbuot xizmati rahbari Saidafzal Abdullaev o'z telegram kanalida gruziyalik hujumchi bilan bog'liq holat haqida to'xtaldi.

"Toma Tabatadze bilan bog'liq vaziyatga izoh beraman. Birinchi davrada 13 o'yinda maydonga chiqib, 6 (4) ta gol urishga muvaffaq bo'lgan futbolchi bilan jamoamiz o'rtasida yilning oxirigacha shartnoma mavjud edi, biroq birinchi davra yakunlangach, Tabatadze klub rahbariyatiga jamoadan ketishini xoxlashini aytib o'tdi, lekin jamoamiz rahbariyati va murabbiylar uni shartnomasiga asosan yil yakuniga qadar klubda qolishga ko'ndirishga xarakat qilmoqda. 

Lekin Tomani o'zi negadir jamoamiz safida to'p tepishni xohlayapti. Vaholanki, klub va futbolchi o'rtasida xam moliyaviy, xam manan muammo umuman yo'q. Xozirgi kunda futbolchini jamoamiz bilan tuzilgan shartnoma bandida transfer summasi ko'rsatib o'tilgan agar futbolchi yoki yangi klubi ushbu pullarni to'lab bersa, futbolchi ikkinchi davrdani boshqa klubda boshlashi mumkin. 

Yana takrorlayman, bu erda jamoa futbolchini mavsum so'ngiga qadar olib qolish uchun xarakat qilmoqda. Futbolchi qolishni istasa, klub bu holatdan faqat mamnun bo'ladi. Agar ketmoqchi bo'lsa, shartnomaga asosan ish tutiladi. 

Vaqtida Akmal Xolmatovlar ketgan...  Xayot davom etadi", – deyiladi "Neftchi" matbuot kotibi xabarida.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика