So’nggi yangiliklar

13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  3 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  9 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  8 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  5 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  10

"Neftchi": Ikki tomonlama o'yin o'tkazildi Yangiliklar

"Neftchi": Ikki tomonlama o'yin o'tkazildi

Mavsumning ikkinchi qismiga puxta tayyorgarlik ko'rishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan “Neftchi” ayni damda mashg'ulotlarga zo'r bermoqda.
Avval xabar berganimizdek, davralar oralig'idagi yig'inning birinchi qismi vodil so'lim go'shasida joylashgan bazada o'tmoqda. SHuningdek Farg'onada ham. Kuniga ikki mahaldan o'tkazilayotgan mashg'ulotlarning ertalabkisi vodilda o'tkazilsa, kechki payt Qurgulidagi stadionda kechmoqda. Unda futbolchilar jismoniy va taktik jihatlar ustida ishlamoqda.

Murabbiylar shtabi kuni-kecha Farg'onadagi Qirguli stadionida ikki tomonlama o'yin o'tkazib, futbolchilarning imkoniyatlarini ko'zdan kechirdi.

"Oqlar": G'ayrat Hasanov, Iqbol Boboxonov, Jahongir Mehmonov, Vyacheslav Ponomarev, Dilyor Irmatov, Aleksandru Onika, Ruslan Melziddinov,  Otabek Zokirov, Andrey Akopyanc, Nosir Otaqo'ziev, Pavel Smolyachenko.

Zaxiradan tushganlar: Nodirxon Kamolov, SHerzod Hakimov, Fazliddin Qosimjonov.

"Yashillar": Islom Yoqubov, Abdulloh Olimov, Javohir Rasulov, SHoxruh Xolmatov, Doston Tursunzoda, Izzat G'aniev, Muzaffar Muzaffarov, Jahongir Dadaboev, Saydullo Rahmatov, Murod Bobojonov, Xayrullo Qodirov.

Zaxiradan tushganlar: Abdumavlon Abdujalilov, Hoshim SHokirov, Alisher Fayzullaev yana bir qator yoshlar.

Payshanba kuni bo'lgan o'yinda “oqlar” 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Gollar: Otabek Zokirov, SHerzod Hakimov, SHoxruh Xolmatov (avtogol) - Javohir Rasulov, Murod Bobojonov.

Tarkibdagi o'zgarishlarga keladigan bo'lsak, hozirda yig'inda ishtirok etayotgan Andrey Akopyanc bilan SHerzod Hakimov ikkinchi davrani jamoamizda boshlashi aniq bo'lib bormoqda.

Bundan tashqari yaqin kunlar davomida tajribali futbolchi Akmal Xolmatovning ham kelishi kutilmoqda. Qolaversa yana ayrim poziciyalarni kuchaytirish uchun bir nechta o'yinchilar bilan muzokara o'tkazilmoqda.

Maruf Murodov, Zohid Abdullaev, Otabek Isroilov, Jahongir Jiyamurodov, Aleksandr Kleckov, Levan Gvazava kabi birinchi davrada “Neftchi”da o'ynagan futbolchilar bilan esa xayrlashdik.

Mazkur yig'in 14 iyulga qadar davom etadi. SHundan so'ng futbolchilarga ikki kunlik tatil berilsa, so'ng yig'in Toshkentga ko'chadi. Rejaga ko'ra poytaxtdagi yig'in davomida bir qator sinov-nazorat o'yinlari tashkil etiladi. SHuningdek tarkibga yana bir nechta yangi futbolchilar qo'shiladi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика