So’nggi yangiliklar

13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  2 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  0 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  22 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  13 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  6 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  12 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  24 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3

"Neftchi" - "Dinamo". Superliga yo'llanmasi tantanali nishonlangan o'yin atrofidagi voqeliklar Yangiliklar

"Neftchi" - "Dinamo". Superliga yo'llanmasi tantanali nishonlangan o'yin atrofidagi voqeliklar

Bugun Farg'onada 2022 yilgi Superliga uchrashuvlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan ikki jamoa - Farg'onananing "Neftchi" va Samarqandning "Dinamo" klublari o'rtasida Pro-liganing 21-turidan olgan o'yin bo'lib o'tdi.

Aytish joiz, mazkur uchrashuv oldidan Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadionida tantanali koncert dasturi bo'lib o'tdi. Taniqli estrada yulduzlari va sanatkorlarning chiqishlari 3 yillik tanaffusdan so'ng sevimli jamoalari yana Superligaga qaytgan farg'onalik muxlislarning kayfiyatlarini yanada ko'tardi, deb aytsak mubolag'a bo'lmasa kerak.

Nihoyat, bir soatdan ko'proq davom etgan koncert dasturidan navbatdagi mavsumdan Superligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan jamoalar – "Neftchi" va "Dinamo" vakillari maydonga tushib kelishdi.

Uchrashuv avvalida har ikki klub vakillari jamoaviy suratga tushdilar.

Kameralarimiz nigohida "Neftchi" va "Dinamo" klublari murabbiylar shtabi vakillari.

"Neftchi" - "Dinamo" uchrashuvini bevosita stadionning o'zidan kuzatib borish uchun juda ko'plab muxlislar tashrif buyurishdi va sevimli jamoalarini tinimsiz olqishlab turishdi.

Bu borada "Neftchi" fan klubi vakillari jonbozlik ko'rsatishganini alohida takidlash joiz.

Farg'onalik muxlislar o'yin davomida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga minnatdorchilik izhor qilgan holda, alohida banner ko'tarishdi.

SHuningdek, "Neftchi"ning afsonaviy bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyan uchun ham muxlislar tomonidan ehtirom ko'rsatilgan.

Takidlash joiz, Pro-liganing 21-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Dinamo" bahsi haqiqiy bayramona kayfiyatda o'tdi. Saytimiz ijodkorlari va kuzatuvchilari nomidan har ikki jamoa muxlislarini Superliga yo'llanmasi bilan muborakbod etamiz.

Etiboringiz uchun tashakkur!

Bekzod Tolibov, Farg'ona shahridan Championat.asia uchun maxsus.


-------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Hakamlar: G'ayrat Jo'raev, Islom Nosirov, Abduhamid Abduraimov

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Bekzod Aripov

"Neftchi" - "Dinamo" 2:1

Gollar: penalti SHerzod Karimov 71', 90' – Ro'zimboy Ahmedov 73'

"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 2.Akmal SHorahmedov, 17.Abdulloh OLimov, 18.SHavkat Mullajonov, 21.Azam Aliev, 31.Saydullo Rahmatov, 44.Darko Stanoevich, 80.Aleksandr Eshich, 90.Oybek Qilichev, 91.Marko Obradovich, 99.Ulug'bek Hoshimov.

Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 7.Sobit Sindarov, 10.Sardor Abdunabiev, 11.Izzat Abdullaev, 14.SHerzod Karimov, 25.Sarvar Soliev, 33.Tohirjon SHamshitdinov, 77.Jasurbek Abdulbekov, 94.Doston Toshmatov.

"Dinamo": 35.Aslonbek Ahrorov, 2.Dmitro Sidorenko, 7.SHohruh Abdurahmonov, 8.Humoyun SHerbo'taev, 10.Ro'zimboy Ahmedov, 15.Obid Jo'raboev, 16.Jasur Hasanov, 17.Temur Ismoilov, 18.SHokir Yo'ldoshev, 21.Muhammadqodir Hamraliev, 77.Sardor Eminov.

Zaxira: 1.Farhod Rahmatov, 9.Timur Usmonov, 11.Timur Hakimov, 14.Siroj Meliev, 19.Islom SHaripov, 22.G'olibjon Sariboev, 23.Akmal Kozimov, 88.Oleg Marchuk.



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика