So’nggi yangiliklar

09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  0 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  0 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  3 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  12 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  13 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  5 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  15 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4

"Neftchi" avtobusi yodingizdami? Yangiliklar

"Neftchi" avtobusi yodingizdami?

"Neftchi" o'z qadriyatlariga ega klub hisoblanadi.

Yoshligimizda gazeta sahifalarida "Neftchi" jamoasining uzog'ini yaqin qiladigan "Ikarus" rusumli avtobus suratiga tez-tez ko'zimiz tushardi. Avtobus o'z davrini o'tab bo'ldi degan o'yda edik, yo'q unaqa emas ekan.

"Ikarus" haliyam "Neftchi" xizmatida. Bir necha yillar davomida asosiy tarkib uchun xizmat qilgan bu avtobus hozirda "Neftchi" o'rinbosarlarini safar uchrashuvlariga eltmoqda. Qoyil qolsa arziydi. 

U-21 chempionatining 7-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Lokomotiv" bahsiga farg'onaliklar mana shu avtobusda Qo'qon shahriga kelishdi. Haydovchi bilan gaplashganimda, "Ha, bu o'sha avtobus, Xudoga shukur haliyam yuribdi" dedi. 

- Aka, avtobus olinganiga qancha bo'ldi? - qiziqib so'rayman men. 

- 1995 yil birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Farg'ona viloyatiga tashrifi munosabati bilan jamoaga shu avtobus hadya qilingandi. SHundan beri xizmatda. Xudo xohlasa, shu voqeagayam 27 yil bo'ldi.

27 yillik avtobus! Bu orada "Neftchi" ne kunlarni boshdan kechirmadi, ne-ne joylarga borib o'ynab kelmadi. Mana shu avtobus jamoaning quvonchli va mahzun kunlarida birga bo'lgan, birga turgan va birga ko'rgan.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика