So’nggi yangiliklar

01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  0 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  2 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  4 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  53 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  30 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  109 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  697 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6

Necha yillik ananani buzgan Ventura Yangiliklar

Necha yillik ananani buzgan Ventura

Bu safar mo'jiza ro'y bermadi. Italiya JCHga chiqa olmagani barchaga malum.

Stokgolmdagi birinchi o'yindan so'ng, “skuadra adzurra” mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishi biroz qiyinlashgan bo'lsa-da, hali imkon bor edi. Afsuski, 60 yil ichida, ilk bor Italiya madhiyasi turnirda yangramaydigan bo'ldi. Yana bir etiborga loyiq jihat shundaki, Italiya so'nggi bor Jahon CHempionatiga chiqa olmaganda (1958 yilda), taqdir xazilini qarangki, musobaqa aynan SHveciyada o'tkazilgan. Bu voqea yuz berganiga necha yillar bo'lganini tushunish va “spagetti” vatani vakillari so'nggi bor mundialsiz qolganlarida inson qadami hali kosmosga etmagandi, “Elvis” musiqa guruhining eng gullagan davrlari edi va bugungi kun bosh aybdori, jamoa bosh murabbiyi Genuadagi maktabda o'qir, hamda oradan ikki yil o'tib “Sampdoriya” libosida maydonga tushishni orzu qilardi. Qaerga ketib qolyapmiz, his qilyapsizmi?

Jampero Ventura «timsol»ga aylanish uchun qo'lidan kelgancha harakat qildi. Birinchi o'yinda Insine maydon markazida o'ynaganda ko'pchilik norozi bo'ldi, ammo bular gap-so'zdan uyog'iga o'tmagandi. Ammo San-Siroda diskvalifikaciyaga uchragan Veratti o'rnini, chap qanot himoyachisi Florenci egallashi jamoatchilik sabr kosasini to'ldirdi. Bu vaqtda, Italiya tavakkal qilishi kerak edi, Ventura esa 3-5-2 sxemasini o'zgartirishni istamadi. Ushbu holatda ishtirokchilar o'rnini almashtirishning o'zi kifoya edi. Jorjino ham Braziliya futbolkasini kiyish imkoniyati bo'lgani va bundan oqilona foydalanmagani uchun afsuslangan bo'lsa ajabmas. Ammo, “skuadra adzurra” hech qachon raqibini chinakamiga qamal qilib, maqsadiga erishishga odatlanmagan. Bu shunchaki jamoa uslubi emas. Kandreva va Darmian ijrosida Immobile va Gabbyadini tomon to'pni havodan etkazib berishga urunishlarga ishonib, Ventura shvedlarni qanday qilib engish mumkinligini unitib qo'ydi, chog'i. Aytgandek, Manolo ham o'yinga yomon qo'shilmagandi, birinchi bo'limdagi barcha keskinliklar uning nostandart harakatlaridan so'ng kelib chiqdi. U himoyachilarni o'ziga ergashtirib, Immobilega bo'shliq yaratib berdi. Lekin, muammo shundaki, hujumchiga, o'sha bo'sh zonalarga to'pni uzatib bera oladigan futbolchi topilmadi. Jorjino ikkinchi bo'limda ehtiyotkorroq harakat qila boshladi. Florenci va Parolo esa to'pni bir-birlariga etkazib berishdan uyog'iga o'tishmadi. Boshqa variantlarni ko'rganlarida ham, faqatgina qanotdagilarga to'pni tashlashdi. Laterallar esa to'pni tushunarsiz, qo'shimchasiga noaniq oshiraverishdi.


Italiya so'nggi bor Jahon CHempionatiga chiqa olmaganda (1958 yilda), taqdir xazilini qarangki, musobaqa aynan SHveciyada o'tkazilgan.


Italiyaliklar faqatgina birinchi bo'lim so'ngiga kelib o'zlariga o'xshay boshlashdi. Jorjino maydondaligi esiga tushib qoldi shekilli, jarima maydonchasiga chinakamiga xavfli to'p uzatishlarni amalga oshira boshladi. SHu kabi vaziyatlarning birida, qulay imkoniyatga ega bo'lgan Immobilening zarbasi gol bo'lmay iloj yo'qdek edi, ammo shvedlar sardori Grankvist bo'sh qolgan darvozadan to'pni qaytarib yuborishga erishdi. Bir qarashda ikkinchi bo'limda Leonardo da Vinchi hamyurtlari niyatlariga etadigandek tuyulayotgandi. Biroq mehmonlar ustozi shu erda o'ta aqlli ish qildi va uchrashuv ikkinchi yarmi murosasiz kurashlar, kichik qoida buzarliklar va shuning oqibatida kelib chiqqan muntazam uzilishlar bilan boshlandi. Ventura o'yinni zahiradagi ishtirokchilar bilan jonlantirishga urinib ko'rdi. El-SHaaravi haqiqatdan yaxshi o'ynashga harakat qildi, Belotti haqida gapirmasa ham bo'ladi. Uchrashuv bo'lib o'tgan kechaning eng shov-shuvli voqeasi esa maydonda yuz bergani yo'q. Hujumkor futbolchilar maydonga tushirilishidan avvalroq, yordamchi murabbiy De Rossini oldiga kelib, chigal yozdi mashg'ulotlarni bajarish va maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rishni buyurganda, futbolchi hissiyotlarini yashirib o'tirmadi va o'zini emas, hujumkor Insineni «jang»ga tashlash zarurligini aytdi. Amalda esa “Napoli” yarim himoyachisi maydonga tushmadi va to'rtinchi hujumchi Federiko Bernardeski bo'ldi. Biroq, hujumkor o'yinchilar soni bahsda hech qanday ahamiyat kasb etmadi. Uchrashuv so'ngida jarima maydoniga to'pni havodan etkazib berish xavfi biroz kamaydi, bu esa shvedlar uchun ajoyib sovg'a bo'ldi. Deyarli barcha «qutqaruvchi qaxramon» bo'lishni orzu qila boshladi. Ammo Kellinining noaniq zarbalari Italiya bu oqshom naqadar nochor axvolda qolganini ko'rsatardi. Eng qizig'i, jarima maydonida to'p surish uning zaif tomonlaridan biri edi. Jamoa azolari qo'llaridan kelgancha harakat qildilar. Biroq, o'yinga chiroyli yakun yasash, mamlakatga esa JCHga chiqish nasib etmadi.


Uchrashuvdan so'ng italiyaliklar ko'z yoshini yashirib o'tirmadi.


Uchrashuvdan so'ng italiyaliklar ko'z yoshini yashirib o'tirmadi. Hattoki, jamoaga kelganiga hech qancha bo'lmagan, yosh Belotti va Bernardeskidan tortib, istefodagi faxriylar ham yig'ladi. Buffon, Kellini, De Rossi va Bardzali milliy terma jamoada so'nggi o'yinni o'tkazdi. Afsuski, uchrashuv mag'lubiyat bilan yakunlandi. 2006 yil oltin, 2012 yil esa kumushga sazovor bo'lgan ajoyib avlod bu safar to'rt yillikning asosiy musobaqasisiz qoldi. Buyog'iga endi nima bo'lishi asosiy masala hisoblanadi. Jamoaga kim bosh murabbiy bo'ladiyu, yangilanish, yosharish davri qay tarzda kechadi? SHu so'zlarni yoza turib, to'g'risi, O'zbekiston terma jamoasi xayolimga keldi. Ko'p jihatlar bo'yicha italyanlar bilan holatimiz o'xshash, shunday emasmi?

Italiya hozir qayg'uli va tartibsiz holatda. Agar yangi rahbar yosh iqtidorlarni to'g'ri tanlab, jamoa tuzsa, katta muammolar o'z echimini topadi. “Skudra adzurra” esa endi bor etiborini bo'lajak Evropa chempionatiga qaratadi.



Sergey Rumyancev 

Tarjima: Nozima Zaripova

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика