So’nggi yangiliklar

13:30Мак Аллистер Англия чемпионлигини қўлга киритиш Чемпионлар Лигасида ғалаба қозонишдан кўра қийинроқ эканини айтди  0 13:02ПФЛ техникаси водийнинг 4 та шаҳрида синовдан муваффақиятли ўтди  0 12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  21 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  2 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  2 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  4 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  8 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  4 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  11 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  16 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  4 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  3 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  9

Nazorat uchrashuvi. “Cementchi” - “Neftchi” 1:0 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. “Cementchi” - “Neftchi” 1:0

Kuni kecha “Cementchi” Quvasoyda so'nggi nazorat uchrashuvini “Neftchi” jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Ushbu uchrashuv nazorat o'yini bo'lishiga qaramay muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Qiziqarli bahsni kuzatish uchun stadionga 400 dan ortiq muxlis tashrif buyurdi. Bu ko'rsatkich esa bazi bir oliy liga jamoalarining markaziy uchrashuviga kiradigan muxlislar sonidan biroz ko'proq. Qolaversa o'yinni bir qator rasmiy insonlar bilan birgalikda Andrey Fyodorov, Rustam Abdullaev va SHerzod Rayimjonovlar xam sinchikovlik bilan kuzatib borishdi. Uchrashuv ancha murosasiz kurashlarga boy tarzda o'tdi. “Neftchi” jamoasi tarkibida  Akrom Baxriddinov, Baxtiyor Yoqubov, Muxsin Ubaydullaev, Xusniddin G'ofurov, Saidjon Abdujabborov, Furqat Hasanboev, Javohir Rasulov, Otabek Isroilov, Mo'ydin Mamazulumov kabi tajribali va iqtidorli futbolchilar dastlabki daqiqalardan maydonda xarakatlandilar. Farg'onaliklar tarkibida “Cementchi”ning sobiq yosh iqtidorli ximoyachilari Jamshid Qobulov va Bahodir Qodirovlar xam maydonga tushganliklari etiborga molik. 

Ushbu futbolchilarga qarshi murabbiylarimiz ham anchagina yangilangan va optimallashgan tarkibni maydonga tushurdi. Uchrashuv davomida har ikkala jamoa hujumkorlik bilan harakatlanganligi bois darvozalar oldida tez tez xavfli vaziyatlar uyushtirilib turildi. Uchrashuvning 65-daqiqasida “Neftchi” jamoasi darvozasiga yaqinroq joyda mehmonlar o'yin qoidasini buzdi. To'p yoniga Rahmatillo Meliboev yaqinlashib keldi va burchakroqdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Jarimadan uzatilgan to'pni hujumchi Davron Isoqov “Neftchi” darvozasiga joylab qo'ydi va jamoasi g'alabasini taminladi 1:0. Uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi va “Cementchi” o'rtoqlik nazorat uchrashuvida “Neftchi” jamoasi ustidan kichik xisobda g'alaba qozondi.


“Cementchi” jamoasi matbuot kotibi Zuxriddin Abdullajonov


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика