So’nggi yangiliklar

12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  9 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  2 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  1 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  4 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  4 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  10 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  15 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  4 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  3 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  9 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  25

"Navro'z kubogi-2017" - "Nasaf" chempion! Yangiliklar

"Navro'z kubogi-2017" - "Nasaf" chempion!

Teglar :  Navro'z kubogiNasaf
Bugun Qarshi shahridagi "Nasaf" futbol maktabi suniy qoplamali maydonida "Navro'z kubogi-2017" turnirining g'olibi aniqlandi.

Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji futbol maydonida esa turnirning uchinchi o'rin uchun bahsida maydon egalari Farhod Usmonov boshchiligidagi "Olimpiya-2001" jamoasi "Turon" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Bu o'yinda "Olimpiya-2001" 2:1 xisobida g'olib chiqdi.



Finalda "Nasaf-2001" - "SHo'rtan-FM" to'qnashuvi kuzatildi. Asosiy vaqtda 2:2 hisobi qayd etilgani bois g'olibni penaltilar seriyasida aniqlashga to'g'ri keldi. Unda "Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari 5:4 hisobida ustun kelib, "Navro'z kubogi-2017" g'olibiga aylanishdi.



Turnir g'oliblari "Nasaf-2001" jamoasi
A.Nematov, S.Raxmanov, M.Saidaxmedov, SH. Erkinov, A. Davronov, SH.Komilov, A.Turdialiev,(s) SH.Nuriddinov, SH.Xoldoraliev, E.Jorequlov, A.Xusanov, A. Jo'raqulov, M.Qosimov, J. Matqurbonov.

Azamat Aliqulov ("Nasaf-2001" murabbiyi)-

O'yin teng kurashlar ostida kechdi. To'g'ri,biz ko'proq qarshi hujumlarga tayandik. Oldingi uchrashuvlarda ham etarlicha xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirgandik, ammo... Bu safar asosiy vaqtda ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldik. Umuman olganda, tan olish lozim, penaltilar seriyasida omad kulib boqdi. Barcha shogirdlarim yaxshi o'yin namoyish etishdi. Ushbu g'oliblikni "Nasaf" futbol maktabidagi rahbariyat va murabbiylar futbolchilarga bag'ishlaymiz. Kirib kelayotgan yangilish fasli "Navro'z" ayyomi bilan yurtdoshlarimni tabriklaymiz.


  
Uchinchi urin uchun bahs:
"Olimpiya-2001"(Qarshi) - "Turon" (Qarshi ) 2-1

Final
"Nasaf-2001" (Qarshi) - "SHo'rtan-FM"(G'uzor) 2-2
Penaltilar seriyasi: 5:4


Fahriddin CHoriev.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика