So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  7 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  8 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  70 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  31 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  112 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  699 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

Navro'z Alimov faoliyatiga nazar Yangiliklar

Navro'z Alimov faoliyatiga nazar

Qoraqalpoq futboli tarbiyalanuvchilari haqidagi maqolalar turkumini davom ettiramiz. Bizning bugungi qahramonimiz Navro'z Alimov.

1992 yilning 25 mart kuni tavallud topgan Navro'z 2011 yili Azamat Allaniyazov "Orol"ni tark etganidan so'ng, jamoaning asosiy hujumchisiga aylandi. Baland bo'yli, gavdali hujumchi ayniqsa ikkinchi qavatlarda raqiblar uchun ancha xavfli edi. Birinchi ligadagi ajoyib o'yinlari va gollaridan so'ng u uzoq vaqt Nukusda qolmasligi aniq edi.
2012 yili u "Orol"dan Samarqandning "Dinamo"siga o'tib ketdi. Biroq jarohat oldi va keyinchalik operaciya bo'ldi. SHundan so'ng futbolchi yana Nukusga qaytishga qaror qildi.
2013 yili 21 yoshli hujumchi Navoiy viloyatining "Qizilqum" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Birinchi mavsumni hujumchi o'rtacha o'tkazdi. 15 uchrashuvda ishtirok etgan Alimov Samarqandning "Dinamo" va G'uzorning "SHo'rtan" jamoalari darvozalarini ishg'ol qildi. SHuningdek Kubok o'yinlarida "Lokomotiv BFK" bilan kechgan bellashuvda ham u gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Bo'ydor hujumchi 2014 yil O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning nazariga tushdi va termaga taklif etildi.


2014 yili Alimov uchun judayam omadli keldi. Hujumchi Oliy ligada 17 o'yinda maydonga tushib "Paxtakor" va "Navbahor" bilan bo'lgan to'qnashuvlarda gol urishning uddasidan chiqdi. Bo'ydor hujumchi shundan so'ng terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning nazariga tushdi va termaga taklif etildi. Ummonga qarshi Toshkentda o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinida termadagi debyutini nishonlagan qoraqalpog'istonlik futbolchi yil davomida 11 ta o'rtoqlik o'yinida 2 marta raqiblar darvozasini aniq nishonga oldi. Iordaniya va BAA darvozabonlari Navro'zning zarbasini qaytara olishmadi. O'sha yili u Osiyo o'yinlarida ham ishtirok etib 2 ta o'yinda maydonga tushgan edi.

2015 yilda "Paxtakor"ga yo'l olgan Alimovning ishlari orqaga keta boshladi. Dastavval u Osiyo kubogiga boradigan tarkibdan "tushib qoldi" va shundan so'ng terma jamoaga boshqa chaqirilmadi. Birinchi davrada atigi 2 o'yinda maydonga tushib birorta ham gol ura olmadi. Boz ustiga Navoiyda sobiq jamoasiga qarshi o'yinda qizil kartochka olib maydondan chetlatildi. SHundan keyin Navro'zning "sherlar" safidagi faoliyatiga ham "nuqta" qo'yildi.

Mavsumning ikkinchi yarmida dastlab "Navbahor"ga o'tdi va keyinchalik o'zaro kelishib shartnomani bekor qilgan holda, "Qizilqum"ga qaytgan Alimov yana o'ziga kela boshladi. "Bunyodkor", "Andijon" va "SHo'rtan"ga qarshi o'yinlarda gol urishning uddasidan chiqdi.

Navro'z 2016 yili faoliyatini "Qo'qon-1912" jamoasida davom ettirdi. Biroq u Qo'qonlik muxlislarning ham , murabbiylarning ham ishonchini oqlay olmadi. 5 ta uchrashuvda ishtirok etib, birorta gol ura olmagach, jamoadan ketdi. SHundan so'ng Nukusga qaytib "Orol" jamoasida to'p surdi.

Umid qilamizki 25 yoshga to'lgan hujumchi kelasi mavsumda yana Oliy liga klublariga qaytib, o'z sport formasini tiklaydi.


2015 yilda Alimovning ishlari orqaga keta boshladi.



Alimov faoliyatiga oid statistik malumotlar
- "Orol" safidagi debyut o'yinini 2007 yili "NBU Osiyo"ga qarshi o'yinda nishonlagan.
- Oliy liga doirasida 56 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo'ygan. U 34 ta o'yinda asosiy tarkibda, 22 bahsda esa zaxiradan maydonga tushgan.
- Navro'z "SHo'rtan"ga qarshi o'yinlarda ikkita, “Dinamo", "Andijon", "Bunyodkor", "Paxtakor" va "Navbahor"ga qarshi bellashuvlarda esa bitta gol kiritgan.
- Oliy ligada hujumchi 20 marta sariq kartochka olib, bir marta maydondan chetlatilgan.
- Hujumchi kubok o'yinlarida 5 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol kiritgan va 2 bora hakamlar tomonidan ogohlantirilgan.

Alimovga oid qiziqarli faktlar
- "Orol"da olgan ilk maoshi 150 ming so'm edi.
- Eng chiroyli goli sifatida terma jamoa libosida BAAga urgan golini biladi.
- O'zbek va qoraqalpoq futbolida Anvar Soliev, Anvar Berdiev, Nematullo Qutiboev, jahon futbolida esa Ronaldo, Ronaldu va SHevchenkolarning muxlisi hisoblanadi.
- "9" va "11" raqamlarida to'p surishni istaydi.
- Maktabda o'qishni yaxshi ko'rmagan. Darsdan qochib futbol o'ynagan.
- Bo'sh vaqtida qo'shiq eshitishni yaxshi ko'radi.
- Janubiy Koreya uni eng hayratlantirgan mamlakat bo'lgan.
- "Real" yoki "Barsa"? U madridliklar muxlisi hisoblanadi.
- O'zining eng yomon odati sifatida uyquchiligini tan oladi.
- Taksilarga chiqqanida eng ko'p eshitadigan savoli maosh haqida bo'ladi.
- Futbolchi bo'lmaganida ichki ishlar xodimi bo'lgan bo'lardi.



Furqat Yusupov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика