So’nggi yangiliklar

20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  18 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  37 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  17 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0

Navoiyda "Sport maktablar ligasi" musobaqasi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Navoiyda "Sport maktablar ligasi" musobaqasi bo'lib o'tdi

Teglar :  FutzalNavoiy
Joriy yilning 17-19 fevral kunlari Navoiy shahridagi "Sputnik qo'rg'oni" sport majmuasida futzal bo'yicha 2005 yilda tug'ilgan BO'SM va IBO'SM shug'ullanuvchilari o'rtasida "Sport maktablar ligasi" musobaqasi bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada jami viloyatdagi sport maktablaridan 8ta jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchi jamoalar: Navoiy shahridan BO'SM-1, BO'SM-2 va IBO'SM, Karmana tumanidan BO'FM hamda BO'SM, Qiziltepa tuman BO'SM, Konimex tuman BO'SM va Xatirchi tuman BO'SM jamoalari Navoiy shahriga tashrif buyurishdi. Musobaqada jamoalar ikki guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishishdi.

Guruh bahslari qiziqarli va murosasiz tarzda o'tib, 1 va 2-o'rinlarni qo'lga kiritgan Karmana tuman BO'SM, Karmana tuman BO'FM, Xatirchi tuman BO'SM va Navoiy shaxar BO'SM-1 jamoalari keyingi bosqichga yo'l olishdi.

Yakunda esa musobaqa finaliga yo'llanmani Karmana tumanining ikki jamoasi BO'FM va BO'SM jamoalari qo'lga kiritishdi.

3-o'rin uchun bahsda yarim finalda imkoniyatni boy bergan ikki jamoa Navoiy shahar BO'SM-1 va Xatirchi tuman BO'SM jamoalari kurash olib borishdi. Yakunda musobaqada 3-o'rinni Xatirchi tuman BO'SM, 2-o'rinni Karmana tuman BO'SM va 1-o'rinni Karmana tuman BO'FM jamoalari egallashdi.
3-o'rin. Xatirchi tumani BO'SM
2-o'rin. Karmana tumani BO'SM
1-o'rin. Karmana tumani BO'FM


SHahboz G'ulomov tayyorladi



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика