So’nggi yangiliklar

14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  0 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  15 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   11 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5

"Navbahor"da manaman degan futbolchilar ham qiynaladi. Har yili chetdan taklif bo'ladi. Lekin..." - Azim Ahmedov bilan intervyu Yangiliklar

"Navbahor"da manaman degan futbolchilar ham qiynaladi. Har yili chetdan taklif bo'ladi. Lekin..." - Azim Ahmedov bilan intervyu

Intervyu vaqti!

Namanganning "Navbahor" jamoasi yarim himoyachisi, sardori Azim Ahmedov bilan mavsum yakunlari bo'yicha suhbat uyushtirdik. Suhbat davomida joriy yildagi qiyinchiliklar, jamoaga har yili etishmayotgan narsa va boshqa mavzularda savollar bilan yuzlandik. 

- Bilamiz, siz uchun 2021 yil oson o'tgani yo'q. Har tomonlama qiyinchiliklar yuz berdi. Muxlislarning tanqidlari, ularning etirozlari siz tomon yog'ildi. Lekin ikkinchi davrada hammasi iziga tushgandek taassurot qoldirdi. Mana shu palladan qanday chiqib ketdingiz?

- Ha, to'g'ri aytasiz. Men uchun oson o'tgani yo'q. Hamma narsa bilan kurashishimga to'g'ri keldi. Muxlislar, boshqalarning tanqidi, barchasi mening boshimda sindi. 

- Balki "Navbahor"da jamoa shakllanmagandir? SHunday jamoalar borki biror futbolchi ajralib turmaydi va birining xatosini ikkinchisi to'g'irlab ketadi...

- Jamoa haqida gap bo'lishi mumkinmas. Tarkibimizda zo'r yigitlar jamlangan. Lekin vaqt kerak. Bu narsa bir yilda paydo bo'lib qolmaydi. Agarda 2-3 yil vaqt berilsa, o'zaro tushuni yuqori darajaga chiqadi. SHuni takidlaymanki, 2021 yilda birga o'ynagan futbolchilardan xursand bo'ldim. Ular bilan faxrlanaman. 

- . Umuman olganda har yili jamoa mavsum taraddudi arafasida yaxshi tayyorgarlik ko'radi, tarkibni kuchaytiradi. Baralla gaplar aytiladi. Lekin mavsum yakunida hamma gaplar quruq gap bo'lib chiqadi. Yani quruq qoshiq og'iz yirtar, deb bejiz aytilmagan Samvel Babayanning kelgani mana shu narsalarni yo'qqa chiqarishi mumkinmi? 

- Gapingizga qo'shilaman. Har yili chempion bo'lamiz deymiz. Lekin bitta insonga, yigitlarga malum fursat zarur. Oddiy misol SHota Arveladze "Paxtakor"ni chempion qilishi uchun uch yil kerak bo'ldi. Lekin yakunda hamma narsani qoyillatdi. Bizda esa har yili hamma narsa yangilanadi. Endi bir-birimizga o'rganganimizda futbolchilar ketadi va yangi ijrochilar jalb qilinadi. Murabbiylarda ham xuddi shunday holat. Bir murabbiy boshqa jamoaga yo'l oladi, o'rniga kelgan mutaxassis bilan boshidan boshlaymiz. SHu bilan mavsum tugaydi. 

- Mavsum boshida jamoaning ichki muhitida muammolar bor edimi? CHunki Turkiyadagi yig'in paytida qandaydir tushunmovchiliklar bo'lgandi...

- Jamoada ichki muhit yaxshi bo'lgan. Samvel Babayan kelgach yana ham yaxshilandi. Barcha noto'g'ri fikrlarga borishi mumkin. Lekin unday, demayman. 

- Mavsum o'rtasida "Andijon" bilan o'yindan so'ng ketishingiz haqida malum qildingiz. Lekin malum vaqt o'tgach vaziyat ijobiy tomonga o'zgardi va jamoada qoldingiz...

- Ha, ketishim aniq bo'lib ulgurgandi. O'sha o'yindan keyin tomonimga yog'ilgan gaplar yomon tasir qildi. Keyin esa o'zimdan katta insonlar bilan maslahatlashib oldim. Hammasini birgalikda engdik. 

- Aksariyat futbolchilar "Navbahor"dagi bosimni enga olishmaydi. Ko'p hollarda jamoada bir mavsumdan ortiq o'ynay olmaydi, bunday qiyinchilikni engib o'tish uchun nimalar qilish kerak? O'zingizning boshingizdan o'tgan misollar yordamida aytsangiz...

- Bilasizmi "Navbahor"da to'p tepish manaman degan o'yinchilarga ham qiyin. Kelib o'ynay olishmagan. Bu erda bosim juda katta bo'ladi. 

- Umuman olganda har mavsumda legionerga aylanish imkoniyati yuzaga keladi. Nima, deb o'ylaysiz xorijda o'ynash uchun vaqtni boy bermayapsizmi? "Navbahorda" ushlab turgan narsa nima?

- Ha, har yili xorijdan taklif bo'ladi. Lekin men bir kishining gapiga kirib jamoada qolaman. Muxlislarimizning ko'plari men bilan bog'lanib qolishimni so'rashadi. Otabek Samatovni hurmat qilib qolganman. 

- No'mon Hasanov sizni himoyada o'ynatayotganida xuddi maydonda etakchi yo'qdek ko'ringandi. Ikkinchi davrada himoyachi keldi va siz markazga o'tdingiz. O'zingizni shu poziciyada foyda keltira olaman, deb ayta olasiz? 

- To'g'ri No'mon aka himoyada o'ynatdi. Ular menga himoyada yaxshi harakat qilyapsan, deganlar. Murabbiyning gapini rad qilmasdan indamay to'p tepdim. Hamma narsaga tayyor bo'lganman. 

- Demak navbatdagi mavsumda ham "lochinlar" safida to'p tepasiz?

- Bir narsa deyish qiyin. SHartnomam o'z nihoyasiga etgan. SHu kunlarda hal bo'lib qolsa kerak. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика