So’nggi yangiliklar

08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  2 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  1 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  4 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  11 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0

"Navbahor" vs "Nasaf". Finalda kim gol uradi? Yangiliklar

"Navbahor" vs "Nasaf". Finalda kim gol uradi?

Namangan klubi sal kam chorak asrlik tanaffusdan keyin mamlakat kubogida zafar quchishi mumkin.

Buning uchun "Nasaf" Buxoroda taslim qilinishi kerak. Bo'lajak "jang" g'olibini bilmasak ham, oldingi finallar natijasini tahlil qilish imkoniyatiga egamiz.

24 yillik “kambek”

“Navbahor” kubok finalida so'nggi bor 1998 yilda o'ynagan edi. O'shanda SHuhrat Rahmonqulov bilan Anvar Solievning gollari “Neftchi”ni engish uchun etarli bo'lgan.

Umumiy statistika shunday: Namangan klubi 4 marta finalga chiqib, ulardan 3tasini o'z foydasiga hal qilgan. Yagona mag'lubiyat 1993 yilda “Paxtakor”dan qabul qilingan. 

1992 yil

“Navbahor” 0:0 “Temiryo'lchi” (hozirgi “Qo'qon-1912”)

Penaltilar seriyasida 6:5 hisobi qayd etilgan.

1993 yil

“Navbahor” 0:3 “Paxtakor”

Gollar: No'mon Hasanov, Mirjalol Qosimov, Rifat Galeev.

1995 yil

 “Navbahor” 1:0 MHSK

Gol: Aleksey Vinnikov

1998 yil

“Navbahor” 2:0 “Neftchi”

Gollar: SHuhrat Rahmonqulov, Anvar Soliev

8-urinish

“Nasaf” esa 7 marta O'zbekiston kubogi finalida qatnashib, ulardan 5tasini Toshkent klublariga yutqazgan.  7 ta gol urib, 12ta o'tkazib yuborgan. “Ajdarlar” musobaqaning amaldagi g'olibi hisoblanadi.

Qashdaqadaryo klubi safida quyidagi futbolchilar to'p kiritgan: Dilshod Mavlonov, Jahongir Jiyamurodov, Ilhom Yunusov, Artur Gevorkyan, SHerzod Azamov, Bahrom Abdurahimov hamda G'olib G'aybullaev.

Fakt: 30 oktyabr kuni maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilardan 4 nafarida O'zbekiston kubogi finallarida gol urish tajribasi bor. Eng qizig'i, ularning hech biri hujumchi emas: “Navbahor”dan Yovan Jokich (2) va Stanislav Andreev, “Nasaf”dan Bahrom Abdurahimov bilan G'olib G'aybullaev.

Sizningcha, Buxorodagi bahsda kimlar to'p kiritadi?

Final. Himoyaviy futbolga tayyormisiz? 

Muallif :
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика