So’nggi yangiliklar

16:51Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан". Таркиблар маълум  0 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  0 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  5 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  3 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  1 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  6 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  4 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9

"Navbahor" va "Neftchi"ga taqiq qo'yildi. Endi nima bo'ladi? "Navbahor" OCHLda o'ynamaydimi? Yangiliklar

"Navbahor" va "Neftchi"ga taqiq qo'yildi. Endi nima bo'ladi? "Navbahor" OCHLda o'ynamaydimi?

Teglar :  NeftchiNavbahor
11 may kuni saytimizda "Superliganing ikki etakchi klubiga transfer taqiqi qo'yildi" nomli xabar chiqqandi.

O'FA hozircha bu borada rasmiy xabar bergani yo'q. Championat.asia sayti ushbu taqiq bo'yicha bir qator malumotlarni aniqladi.

- "Navbahor" futbol klubi belgilangan muddatda OKMK va "So'g'diyona" klublari, shuningdek futbolchi R.Davronov oldidagi qarzdorligini bartaraf etmagani bois "Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha" qo'mitasi tomonidan jazolandi. Unga ko'ra, "Navbahor"ga bo'lajak ikkita transfer oynasi vaqtida (yozda va qishda) yangi futbolchilarni PFLda ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yildi.

- "Neftchi" futbol klubi belgilangan muddatda futbolchi D.Narzullaev oldidagi qarzdorligini bartaraf etmagani bois "Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha" qo'mitasi tomonidan jazolandi. Unga ko'ra "Neftchi"ga bo'lajak ikkita transfer oynasi vaqtida (yozda va qishda)yangi futbolchilarni PFLda ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yildi.

Bu taqiq transfer uchun emas aynan PFLdan ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq ekaniga oydinlik kiritish kerak. Yani "Navbahor" ham, "Neftchi" ham yangi futbolchilar bilan shartnoma tuza oladi, faqat ularni PFL musobaqalarida ishtirok etishi uchun ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Ushbu taqiq o'z kuchida qolsa yangi futbolchilar faqat mashg'ulotda ishtirok eta olishadi xolos.

Xo'sh, endi nima bo'ladi? Baribir ikkala klub yuqoridagi qarzdorligini bartaraf etishi kerak. Qarzdorliklar bartaraf etilib buni tasdiqlaydigan kvitanciyalar taqdim etilganidan keyin, O'FA "Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha" qo'mitasi o'rganib chiqadi hamda taqiqni olib tashlash yoki o'z kuchida qoldirish bo'yicha qaror qabul qiladi.

"Navbahor" klubi OCHLda ham ishtirok etishi kerak. Bu narsa klubga xalqaro maydonda xalal bermaydimi? OFK licenziyalashidan o'tish vaqtida qarzdorligi bor klub licenziya ololmaydi. Ammo "Navbahor" licenziyalash hujjatlarini oldinroq OFK platformasiga yuklagan va o'sha paytda bu muammo yo'q edi. Demak, agar hozirgi qarzdorliklar bartaraf etilmasa, bu narsa kelgusi yilgi OFK licenziyalashiga tasir qilishi aniq. Biroq avgust oyida OCHL saralash bosqichida ishtirok etishi kutilayotgan "Navbahor" yozgi transfer oynasi vaqtida o'z tarkibini kuchaytirishga intilishi aniq. SHu bois qarzdorlikni zudlik bilan bartaraf etishi kerak. Qo'shimcha qilish kerakki, "Navbahor" klubining o'z futzalchilaridan ham qarzdorligi mavjud va uni ham bartaraf etish lozim.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика