So’nggi yangiliklar

19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  2 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  5 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  34 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  7 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0

"Navbahor" transfer qil(ayot)gan legioner... Yangiliklar

"Navbahor" transfer qil(ayot)gan legioner...

Mirlan Murzaev Namangan klubining mashg'ulotlarida ishtirok etayotgani to'g'risida xabar chiqdi.

Faxriddin Ro'ziev telegramdagi kanalida qirg'iz forvardi haqida sizni qiziqtirishi mumkin bo'lgan bazi malumotlarni keltirdi.

1990 yilda tug'ilgan futbolchi faoliyatini "Dordoy"da boshlagan. Uning terma jamoadagi debyuti 18 yoshida Nepalga qarshi bahsda sodir bo'lgan.

Murzaev 2010 yilning yanvarida Moskvaning "Lokomotiv" klubiga transfer bo'ladi. U "temiryo'lchilar"ning asosiy tarkibiga kirolmay, o'rinbosarlar jamoasi safida yarim yil qolgan.

O'zini legioner sifatida Turkiya, Isroil, Kipr va Hindistonda ham sinab ko'rgan. Hozirgi (yoki oxirgi) jamoasi "Alga".

Hujum chizig'ining istalgan nuqtasida o'ynay oladigan futbolchi qirg'iz chempionatining eng qimmatbaho futbolchilaridan biri hisoblanadi (250 ming evro).

Bazi manbalarga ko'ra, u Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi (15).

U "Navbahor"ning asosiy posboni O'tkirbek Yusupov darvozasiga bir marta gol urgan. Bu voqea mart oyida o'tkazilgan "Navruz cup-2022"da sodir bo'lgan edi.

SHuningdek, Murzaev ijtimoiy tarmoqlarda ancha mashhur. Uning instagramda 100 mingga yaqin kuzatuvchisi bor. Bu borada "Navbahor"ning hech qaysi futbolchisi Mirlanga tenglasha olmaydi...

Obuna bo'ling → FA| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика