So’nggi yangiliklar

10:33"Goal" нашри ЕЧЛ ғолиблиги учун асосий номзодларни эълон қилди  2 10:07"Арсенал" собиқ футболчисининг ўғли "Челси"га ўтмоқда  0 09:46Теннисчи Рафаэль Надаль "Манчестер Сити" футболчилари билан учрашди  0 09:24Ла Лига ва PUMA қишки мавсум учун тўпларни намойиш этишди  0 08:53Нойер ПСЖ билан ўйинда Дембеле ва Барколадан кўпроқ алдамчи ҳаракат амалга оширди  0 08:26Коло-Муани "Арсенал"га кўчиб ўтиши мумкин  0 08:04Кариус келажаги ҳақида: "Мен фаолиятимни якунламадим, футбол ўйнашни истайман"  1 07:33Пети Мбаппенинг ўйинидаги пасайиш сабабини айтди  4 03:10Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" Аморим қўл остидаги илк ғалабасини қайд этди, куннинг марказий ўйинида дуранг  8 03:00Конференциялар лигаси. "Бетис" мағлуб бўлди, "Фиорентина" ғалаба қозонди ва бошқа натижалар  0 02:28"Реал" автобуси йўл-транспорт ҳодисасига учради  1 01:45"Милан" футболчиси билан шартномани узайтирди  0 01:23Родри "Реал" ҳақида: "Мардонавор мағлуб бўлишни ҳам билиш керак"  18 00:55Конференциялар лигаси. "Челси"да ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  0 00:45Европа лигаси. Турк клублари учун ғалабасиз тун, "Лион"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  0

"Navbahor" - "Surxon" o'yinidagi penalti hakamning to'g'ri qarorimi yoki xatosi? Superliganing 4-tur hakamlik tahlili Yangiliklar

"Navbahor" - "Surxon" o'yinidagi penalti hakamning to'g'ri qarorimi yoki xatosi? Superliganing 4-tur hakamlik tahlili

Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) Superliga 4-tur o'yinlaridagi hakamlik bilan bog'liq bo'lgan eng bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

✅ "Dinamo" - "Metallurg" VIDEONI KO'RISH

Hakamning o'yinni davom ettirish haqidagi to'g'ri qarori. Hakam shuningdek o'yinni to'xtatgan holda unga yugurib kelgan va hakamning qarori bo'yicha bahslashgan "Dinamo" o'yichisiga sariq kartochka ko'rsatib to'g'ri qildi. "Dinamo" o'yinchisi kontakt tashabbuskori, u to'pni elka va oyog'i bilan yopmoqda va to'pga yaqin bo'lmagan chap oyog'i bilan harakatni amalga oshirmoqda. "Metallurg" himoyachisi qoidani buzmagan holda oyog'ini maysaga qo'ygan.


✅ "Dinamo" - "Metallurg" VIDEONI KO'RISH

VAR'ning to'g'ri aralashuvi, hakamlar "Dinamo" foydasiga 11 metrli zarba belgilab va sariq kartochka ko'rsatib to'g'ri qilishdi. "Metallurg" himoyachisining ikki qo'li ham tanaga yopishmagan va bu notabiiy holatga kiradi. Vaziyat "darslik uchun". VAR borligi esa omad. Bu vaziyat maydondagi hakam uchun juda qiyin edi.


✅ OKMK – "Bunyodkor" VIDEONI KO'RISH

Hakam qo'pol o'yini uchun "Bunyodkor" o'yinchisiga uning uchun ikkinchisi bo'lgan sariq kartochkani ko'rsatib to'g'ri qildi. Bu bosib olish uchun yaqqol sariq kartochka. Hakam ikkinchi sariq kartochka berish payti buni qilish tavsiya etilmagan bo'lsa ham ustunlik principi asosida o'yinni davom ettirdi. Ammo, bu erda 3ga 2 chiqib ketish bo'yicha juda o'tkir vaziyat bo'lgandi, shu sabab hakamda ustunlik principini qo'llash va kechiktirilgan jarimani ko'rsatish uchun asos bor edi.


✅ OKMK – "Bunyodkor" VIDEONI KO'RISH

Hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi. OKMK hujumchisi ko'rsatgan narsa simulyaciya uchun sariq kartochka arzimasa ham hech bo'lmasa suhbatga loyiq edi. Himoyachi va hujumchi o'rtasida qo'llar bilan bir-birini biroz ushlash kabi engil kurash bor. So'ngra OKMK hujumchisi kurashni yutmasligini his qilmoqda, sakramoqda va maysaga yiqilmoqda. VAR aralashmay to'g'ri qildi.


❌ OKMK – "Bunyodkor" VIDEONI KO'RISH

Hakam o'yinni davom ettirib, VAR esa vaziyatga aralashmay xatoga yo'l qo'ydi. "Bunyodkor" foydasiga penalti qo'yish kerak edi. Bu bosh hakam uchun "baxtsiz hodisa", sababi u to'pni kuzatmoqda, OKMK himoyachisining "Bunyodkor" hujumchisini to'xtatishi esa ertaroq boshlanmoqda. Hakam yakunda erda yotgan futbolchilarni ko'rdi. U yiqilishga nima sabab bo'lganini ko'rmadi.

Bunday vaziyatda hakam yordamchisi ko'maklashishi kerak, vaziyat u uchun ochiq. "Bunyodkor" foydasiga 11 metrlik zarba va OKMK himoyachisiga sportga xos bo'lmagan harakatlari (raqibni to'xtatgani) uchun sariq kartochka. VAR'ning nega vaziyatga aralashmagani esa shaxsan men uchun jumboq.


❌ "Qizilqum" - "Lokomotiv" VIDEONI KO'RISH

Ikki o'yinchiga ham sariq kartochkadan berish to'g'riroq qaror bo'lardi. Fol vaziyatida "Lokomotiv"ning bir yo'la ikki futbolchisi raqibga nisbatan qoidani buzmoqda. Biri "Qizilqum" o'yinchisining tovonini bosmoqda, ikkinchisi esa ataylab elka bilan o'ynamoqda. "Lokomotiv"ning kamida bir o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatish kerak edi.

SHundan so'ng o'yinchilar o'rtasida kichik tartibsizlik yuzaga kelmoqda. Uning faolroq ishtirokchisi "Qizilqum"ning 27-raqamli futbolchisi. U ham o'z harakati uchun ogohlantirishga loyiq. Aynan u sabab mojaro avj oldi.


✅ "Paxtakor" - "So'g'diyona" VIDEONI KO'RISH

Hakam VAR'ning aralashuvidan so'ng "So'g'diyona" foydasiga 11 metrlik zarba belgilab to'g'ri qildi. "Paxtakor" himoyachisi tomonidan ehtiyotsizlik sabab qilingan fol: u chamalamay to'pni olishga bordi va raqibining pay qismiga zarba berdi.


❌ "Paxtakor" - "So'g'diyona" VIDEONI KO'RISH

Yuzga urish uchun yaqqol sariq kartochka. Hakamning nega bu erda "So'g'diyona" o'yinchisiga ogohlantirish bermaganidan hayron qoldim. Qo'lning yo'nalgan harakati va yuzga tegish.


✅❌ "Andijon" - "Nasaf" VIDEONI KO'RISH

Hakam qisqa muddat davomida ustunlik principini to'g'ri qo'llay oldi (ikki bor!). Ammo, mening fikrimcha, birinchi fol uchun "Andijon" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatish kerak edi. U katta tezlikda "Nasaf" hujumchisining oyog'iga zarba berdi. Ha, u oyoqlarini olib qochdi, ammo baribir beparvo o'ynadi.

Bu vaziyatda birozdan so'ng yana bir fol ro'y berdi, ammo u unchalik qattiqmas edi va sariq kartochkaga arzimasdi.


✅ "Andijon" - "Nasaf" VIDEONI KO'RISH

Men qayd etadigan birinchi narsa hakamning poziciyasidir. Bu narsa ushbu vaziyatda ideal edi. "Nasaf" hujumchisi kontakt tashabbuskori, bu penalti emas. JCHdan so'ng zamonaviy tendenciyalar bizga bunday vaziyatlarda o'yinni davom ettirishni uqtirmoqda. "Nasaf" o'yinchisi to'pga emas, balki raqib tomonga oyoqlarini harakatlantirmoqda. VAR to'g'ri aralashmayapti.


✅ "Olimpik" - "Neftchi" VIDEONI KO'RISH

Yana "darslikdan" vaziyat. "Neftchi" futbolchisi o'z jarima maydonchasida to'pga atayin o'ynamoqda, shundan so'ng to'p qisqa masofada jamoadagi sherigining qo'liga tegmoqda. Bunday vaziyatlarda o'yinni davom ettirish kerak, hakam vaziyatni to'g'ri tahlil qildi.


❌ "Olimpik" - "Neftchi" VIDEONI KO'RISH

Tushunishim bo'yicha hakam "Neftchi" o'yinchisiga ko'rsatilgan sariq kartochkani bekor qildi, sababi bu erda umuman fol yo'q deb hisobladi. Ammo, men VAR'ning bu aralashuvini juda g'alati deb hisoblayman: u bosh hakamni faqatgina o'sha joyda qizil kartochka ko'rsatish kerakligi borasida monitorga chaqirishi mumkin edi. Menimcha, bu erda "Neftchi" o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi. Dastlabki qaror to'g'ri edi, ammo hakam negadir VAR'ning g'alati aralashuvidan so'ng uni bekor qildi.


✅ "Olimpik" - "Neftchi" VIDEONI KO'RISH

Hakam o'yinni davom ettirib, VAR esa aralashmay to'g'ri qildi. "Olimpik" himoyachisi tavakkal qildi, ammo baribir to'pga o'ynadi, shundan so'ng inerciya sabab "Neftchi" o'yinchisi bilan to'qnashuv sodir bo'ldi. Ular bir-birlari tomon harakat qilishdi va shunchaki o'zlarini to'xtatishga ulgurishmadi.


✅ "Olimpik" - "Neftchi" VIDEONI KO'RISH

Yana hakamning ideal poziciyasi va uning o'yinni davom ettirish haqidagi to'g'ri qarorini qayd etaman. Yaxshi kurash, ochiq itarib yuborish holat yo'q. Ortda turgan "Olimpik" himoyachisi "Neftchi" hujumchisi oyoqlari orasidagi to'pga o'ynamoqda. Qiyin vaziyat, ammo yakunda hakamning to'g'ri qarori. VAR to'g'ri aralashmadi.


✅ "Navbahor" - "Surxon" VIDEONI KO'RISH

Hakam sariq kartochka ko'rsatmagan holda "Navbahor" foydasiga to'g'ri penalti belgiladi. "Surxon" himoyachisi tomonidan ehtiyotsizlik sabab qilingan fol: u shunchaki to'pga o'ynashga ulgurmadi va biroz tezroq harakat qilgan raqibini yiqitdi.


SHunday ekan, hakamlar 15ta bahsli vaziyatdan 5tasida xatoga yo'l qo'yishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика