"Navbahor" Superliga doirasida 5 o'yindan beri "Sug'diyona"ni mag'lub eta olmayapti, shulardan to'rttasida namanganliklar mag'lubiyatga uchragan
01 apr 2023 11:42
Yangiliklar
"Navbahor" Superliga doirasida 5 o'yindan beri "Sug'diyona"ni mag'lub eta olmayapti, shulardan to'rttasida namanganliklar mag'lubiyatga uchragan
Bugun Coca Cola Superligasining 4-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Sug'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
CHempionat doirasidagi o'zaro oxirgi 5 uchrashuvda namanganliklar raqibini mag'lub eta olmagan, aksincha, shulardan to'rttasida jizzaxliklarning qo'li baland kelgan. "Lochinlar" so'nggi bor 2020 yilgi mavsumda bo'lajak raqibini mag'lub etishning uddasidan chiqqan.
SHuningdek, vodiyliklar "bo'rilar" bilan o'tgan yili O'zbekiston kubogi doirasida to'qnash kelgan. Uchrashuvning asosiy va qo'shimcha vaqtlarida hisob ochilmagan. Penaltilar seriyasida esa Samvel Babayan shogirdlarining qo'li baland kelgan.
Eslatib o'tamiz, "Navbahor" — "Sug'diyona" uchrashuvi bugun soat 18:00 da start oladi. Uchrashuvni matnli translyaciya orqali ham kuzatib borishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Fikrlar