So’nggi yangiliklar

19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  2 19:00Суперлига. "Насаф" - "Бухоро" 4:0 (матнли трансляция)  23 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  3 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  17 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  10 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  5 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  18 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  2 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  4 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  18 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  11 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  4

"Navbahor" safida Kamerun va turkmanistonlik legionerlar ko'rikdan o'tadi Yangiliklar

"Navbahor" safida Kamerun va turkmanistonlik legionerlar ko'rikdan o'tadi

Namanganning “Navbahor” klubi futbolchilari o'z qarorgohlariga 7 yanvar kuni yig'ilishadi.

8 va 9 yanvar kunlari jamoa azolari yangi mavsum uchun tibbiy ko'rikdan o'tishadi hamda 10 yanvardan Namanganda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlashadi.

“Lochinlar”ning rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan o'tkaziladigan va 10 yanvardan boshlanadigan yig'inida 30 nafar mahalliy hamda 15 nafar xorijlik futbolchilar ko'rikdan o'tishadi.

Mazkur legionerlarning safiga yana ikki nafar legioner qo'shiladigan bo'ldi. Ularning biri kamerunlik Mbassi Emmanuel Rikkardo bo'lib, 1994 yil 17 dekabrda tug'ilgan. Ampluasi – hujumchi.

Ikkinchi xorijlik futbolchi esa turkmanistonlik SHuhrat Suyunov. Suyunov 1992 yilning 8 martida tug'ilgan. Ampluasi – himoyachi. SHuhrat Suyunov 2010-2014 yillarda Ashxobodning MTTU klubida to'p surib, ushbu jamoa tarkibida 2014 yili OFK prezidenti kubogini qo'lga kiritgan. 2015 yildan buyon “Oltin Asr” (Ashxobod) klubida o'ynamoqda. Suyunov mazkur jamoa safida 2015 yilgi mavsumda Turkmaniston chempioni bo'lish bilan birga, Turkmaniston kubogi va superkubogi sohibiga aylangan.

SHuningdek, SHuhrat Suyunov 2011 yildan buyon Turkmaniston milliy terma jamoasida to'p suradi va shu kungacha terma jamoada 21ta o'yinda maydonga tushgan. Yana bir etiborga molik jihat shundaki, 27 yoshli himoyachi 2016 yilgi mavsum yakuniga ko'ra, Turkmanistonning “eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan. Demak, Suyunov Turkmanistonning eng mahoratli o'yinchilaridan biri hisoblanadi.

Bundan kelib chiqadiki, “lochinlar”ning 10 yanvardan boshlanadigan o'quv-mashg'ulot yig'inida 30 nafarga yaqin mahalliy hamda 15 nafar xorijlik futbolchilar ko'rikdan o'tishadi.


Legionerlar esa oldin xabar berganimizdek, Evropaning Rossiya, Niderlandiya, Xorvatiya, Bosniya va Gercogovina, Ispaniya, Portugaliya va Serbiya, Afrikaning Misr hamda Kamerun, Osiyoning Janubiy Koreya va Turkmaniston mamlakatlaridan tashrif buyurishadi.

Bu esa murabbiylar shtabida tanlov imkoniyati ham yuqori bo'lishini anglatadi.

Mazkur futbolchilardan qaysi biri “Navbahor” murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirsa, o'sha o'yinchi bilan shartnoma imzolanadi.

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика