So’nggi yangiliklar

22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  2 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:52Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  2 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  4 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  4 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  1 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  2 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  1 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  9

"Navbahor" - "Paxtakor" o'yinida Asqarovning chetlatilishi to'g'ri qaror edimi? Superliganing 24-turidagi hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

"Navbahor" - "Paxtakor" o'yinida Asqarovning chetlatilishi to'g'ri qaror edimi? Superliganing 24-turidagi hakamlik faoliyati tahlili

Rossiyalik ekspertimiz bahsli vaziyatlarni ko'rib chiqdi.

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakami Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali muallifi) Superliganing 24-turi o'yinlaridagi bahsli epizodlarni tahlil qildi.


"Dinamo" - "Lokomotiv"

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH

Bu vaziyatni qo'pollik chegarasi deyishimiz mumkin, lekin shu bilan birga sariq kartochkaga biroz yaqinroq xatti-harakat amalga oshirilgan. "Dinamo" o'yinchisining yuqori tezlikda raqibining oyoqlariga orqadan sakrashi maydondan chetlatish uchun asos bo'lishi mumkin. Biroq butsa tag qismining to'g'ridan-to'g'ri raqib oyog'iga tegmagani va oyoqni chalish holati yon tomondan sodir bo'lganini hisobga olsak, hakamning sariq kartochka ko'rsatish qarori va VARning aralashmaganini qo'llab-quvvatlash mumkin. Agar hakam "Dinamo" o'yinchisini maydondan chetlatishga qaror qilgan taqdirda ham, uning bu qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin bo'lardi.


"Dinamo" - "Lokomotiv"

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH

O'yin sharhiga kiritilgan takroriy vaziyatlarda ofsayd chiziqlari ko'rmayapman. Agar hakamlarda "Lokomotiv" o'yinchisining ofsaydda turganligi haqida dalil bo'lsa, golni bekor qilish to'g'risidagi qarorni qo'llab-quvvatlash mumkin. Aks holda, golni hisobga olish kerak edi. SHu bilan birga, VARdagi hakamlar bosh hakamni monitorga chaqirmasdan, ofsayd bor yoki yo'qligini o'zlari mustaqil ravishda hal qilishlari lozim edi.


"Navbahor" - "Paxtakor"

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH

VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi. "Paxtakor" jamoasi o'yinchisi to'pga o'ynashga urinib, oyog'ini haddan tashqari yuqori ko'tardi va raqib oyog'ining to'pig'iga tegib ketdi. Bunday qo'pol o'yin jiddiy jarohat etkazish xavfini tug'diradi. Qoidani buzgan futbolchi to'qnashuvni yumshatishga yoki undan butunlay qochishga harakat qilmadi (oyog'ini yig'ib olmadi). Qizil kartochka to'g'ri ko'rsatildi.


"Nasaf" - "So'g'diyona"

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH

"Nasaf" o'yinchisi to'pni qo'lib bilan o'ynab, qoidabuzarlik sodir etgan. Qo'l cho'zilgan holda tana maydonini kengaytirgan. SHundan so'ng bir necha uzatmadan so'ng gol urildi. Hakamning qarori to'g'ri va VAR tizimining aralashuvi o'rinli bo'ldi.


"Nasaf" - "So'g'diyona"

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH

Bu vaziyatda eng maqbul echim - har ikkala o'yinchiga ham sariq kartochka ko'rsatish. "Nasaf" jamoasi o'yinchisi (7-raqam) raqibiga nisbatan qo'pol o'yin namoyish etgan bo'lsa, "So'g'diyona" jamoasi o'yinchisi (8-raqam) esa janjal keltirib chiqarib, sportga xos bo'lmagan xatti-harakat namoyish etdi. Hakam va assistentning o'z vaqtida to'g'ri munosabat bildirganini takidlab o'tmoqchiman. Ular tezda mojaroga aralashib, vaziyatning yanada keskinlashishiga yo'l qo'ymadi.

P.S. Hakam faqatgina Akmal Mozgovoyni ogohlantirdi.


"Surxon" - "Neftchi"

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH

Qiziq holat yuz bergan. Hakam dastlab to'g'ri qaror qabul qilgan holda, fol jarima maydoni chizig'idan tashqarida bo'lganini takidlab, "Neftchi" foydasiga jarima zarbasi belgiladi. Keyin yordamchi hakamning noto'g'ri maslahati oqibatida qo'pollik jarima maydoni ichida sodir bo'lganini malum qildi va "Neftchi" penalti tepishga tayyorgarlik ko'ra boshladi. SHundan so'ng VAR tizimi vaziyatga to'g'ri aralashib, bosh hakamning dastlabki qarorini tasdiqladi. Qoidabuzarlik haqiqatan ham jarima maydoni tashqarisida sodir bo'lgandi.


SHu tariqa, Superliganing 24-turida hakamlar bitta xatoga yo'l qo'yishdi: "Nasaf" - "So'g'diyona" o'yinidagi to'qnashuvda hakam faqat bitta o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatgan. SHuningdek, ekspertimizda "Dinamo" - "Lokomotiv" uchrashuvida bekor qilingan gol haqida ham savollar tug'ilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика