“Navbahor” - “Neftchi” o'yini oldidan. Komiljon Ikromov: Bahs haqiqiy tomoshabop o'yin bo'lishi tabiiy
29 mar 2014 14:08
Yangiliklar

“Navbahor” - “Neftchi” o'yini oldidan. Komiljon Ikromov: Bahs haqiqiy tomoshabop o'yin bo'lishi tabiiy
Saytimiz xodimlarining oliy liga o'yinlaridan oldingi fikrlarini berishda davom etamiz.
- SHiddatli kechishi kutilayotgan vodiy derbilaridan biri aynan bu turda Namanganda bo'lib o'tadi. “Navbahor” jamoasi hozirda ajoyib o'yin namoyish etishni boshlamoqda. Bunda Baxtiyor Ashurmatovning mehnatlari yotibdi desak mubolag'a bolmaydi. Jamoa o'z safiga bir qancha tajribali o'yinchilarni jalb etdi.
Bular safida “Neftchi”ning sobiq azolari ham bor. Aynan bu safargi vodiy derbisida shu o'yinchilar ikki hissa kuch bilan o'ynashlari tabiiy. Farg'onaliklar ham 2 turdan beri g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Jamoa ustozi Murod Ismoilov ham bu turda qo'l qovushtirib o'tirmaslikka harakat qilishi aniq. CHunki Farg'onalik muxlislar o'z suyuklilaridan faqat va faqat g'alaba kutishadi.
SHu bois “Navbaxor” – “Neftchi” bahsi haqiqiy tomoshabop o'yin bo'lishi tabiiy. Stadionga tashrif buyurgan muhlislar kelganliklariga yarasha chiroyli o'yin bo'lishini xohlashadi. Bu bahs shunday ruhda o'tadi, - deydi Komiljon Ikromov.

Fikrlar