So’nggi yangiliklar

16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  8 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1

"Navbahor": Navbatdagi uchrashuvda g'alaba Yangiliklar

"Navbahor": Navbatdagi uchrashuvda g'alaba

Teglar :  Navbahor
Bugun “Bunyodkor” akademiyasi maydonida "Navbahor" Toshkent yig'inidagi navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.

Bir necha daqiqa oldin yakuniga etgan uchrashuvda jamoamizga “Bunyodkor” klubining asosiy va yoshlar tarkib azolaridan tashkil topgan jamoa raqiblik qildi. Uchrashuvning birinchi bo'limi yakunlanishi arafasida hisob ochildi. Hasanboy Ergashev raqib posboni tomonidan qaytarilgan to'pni darvozaga yo'llab, jamoamizni oldinga olib chiqdi. Tanaffusdan keyin futbolchilarimiz ikkinchi golni ham urishga erishishdi. Ro'zimboy Ahmedov “Bunyodkor” posboni bilan yakkama-yakka vaziyatda yakuniy zarbani berishda xatoga yo'l qo'ymadi. Uchrashuv yakuniga qadar boshqa gol kuzatilmadi va “Navbahor” 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Jamoamiz uchrashuvni quyidagi tarkibda o'tkazdi: Asilbek Omonov, G'iyos Komilov, Hasanboy Ergashev, Alisher Samatov, Jahongir Mehmonov, Azam Aliev, Dilshod Jabborov, Azizbek Turg'unboev, Oybek Qilichev, Mirzohid G'ofurov, Ro'zimboy Ahmedov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Ravshan Xursanov, Tohir SHamsitdinov, Alisher Mirzaev, Akmal Ortiqov, Alisher Mahmudov, Abbos Otaxonov, Abduaziz Sultanov.

Bu safargi uchrashuvda kichik jarohatlari borligi sababli Ilhom Boydedaev va Nemanya Yovanovichlar ishtirok etishmadi. Darvozabon Nodir Ashurmatov esa zaxirada qoldirildi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика