So’nggi yangiliklar

16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  0 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  1 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  17 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  3 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  6 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  22 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1

"Navbahor" muxlislari O'zbekistonda birinchi o'rinda, raciya orqali SHackix bilan aloqa qilib turdik - Kamoliddin Tojiev "Navbahor" bilan o'yindan keyin Yangiliklar

"Navbahor" muxlislari O'zbekistonda birinchi o'rinda, raciya orqali SHackix bilan aloqa qilib turdik - Kamoliddin Tojiev "Navbahor" bilan o'yindan keyin

Coca Cola Superligasi 16-turi doirasida "Navbahor"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida "Paxtakor" murabbiyi Kamoliddin Tojiev ishtirok etdi.



- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Yigitlarning oldiga qo'yilgan maqsad bajarildi. Barcha o'z darajasida o'ynadi. Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik. Ikkinchi bo'limda esa gol o'tkazib yubormaslik uchun himoyada o'ynadik. Yigitlarga rahmat aytaman.

- "Paxtakor" o'tgan turda "Neftchi"ga mag'lub bo'lganida bugungidek o'ynamadi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- "Neftchi" bilan o'yindan oldin ham barchamiz bir-birimiz bilan gaplashib olgandik. Barchasi yaxshi edi. Menimcha, Samarqanddagi mag'lubiyat sababli yigitlarning o'yini biroz o'xshamadi.

- Umuman olganda bugun ilk marta "navbahor" muxlislari "Paxtakor" futbolchilarini qarsak bilan kuzatib qo'yishdi. Bunday holatlar oldinlari ro'y bermasdi. Bu haqida nima deya olasiz?

- Avvalambor, shuni aytishim kerakki, "Navbahor" muxlislari O'zbekistonda birinchi o'rinda turishadi. Ularga o'yin yoqqandir. Bugun g'olib jamoa to'g'ri yutgani uchundir, ularga bu maqul kelgan.

- G'alaba bilan tabriklayman. Uchrashuvdan oldin Maksim SHackixning tribunada o'tirishi ham muammo bo'lishi aytilgandi. U o'yinni qanday kuzatdi, futbolchilarni almashtirishda u yordam berib turdimi?

- Uning stadionga kirishi muammo bo'lmadi. Biroq kiyim almashtirish xonasiga kira olmasdi. Bizda raciya bor, shu orqali aloqani ushlab turdik. 

- Jamoaning yangi futbolchisi Kuxarchik qaydnomaga ham kiritilmabdi. Buning sababi nima?

- Uning jarohati bor. U Toshkentdagi mashg'ulotda kichik jarohat orttirib olgandi.

- Uning transferiga qanday qaraysiz? "Paxtakor"ga kelgunicha u yarim yil jamoasiz qolib ketgan.

- Uning o'yinlarini ko'rdik. U o'z mahoratini hali barchaga namoyish qiladi.

- Ketma-ket ikki o'yinlik mag'lubiyatdan keyin jamoani ruxiy tushkunlikdan olib chiqish, jamoani tayyorlash qanday bo'ldi?

- "Navbahor" ham kuchli jamoa. Jamoani ruxan tayyorlash shart emas. Barcha bu o'yinning shiddatli bo'lishini bilib turibdi. Yigitlarning o'zlari o'zlarini tayyorlashadi. 

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика