So’nggi yangiliklar

01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  0 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12

“Navbahor” – “Metallurg”: Uchrashuvdan so'ng murabbiylar nima deyishdi? Yangiliklar

“Navbahor” – “Metallurg”: Uchrashuvdan so'ng murabbiylar nima deyishdi?

“Navbahor” – “Metallurg” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlangach har ikki jamoa bosh murabbiylari o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
Rustam Mirsodiqov (“Metallurg” jamoasi bosh murabbiyi): - O'yinni o'zinglar ko'rdinglar, keskin va murosasiz ruhda o'tdi. O'z imkoniyatimizni kutdik. Maydonda 10 kishi bo'lib qolganimizdan so'ng bitta gol urishga erishdik. Agarda kamchilikda o'ynab gol urishimizni oldindan bilganimda, bahsni 10 kishi bo'lib boshlagan bo'lardi. Mezbonlarda ham gol urish uchun bir qator imkoniyatlar bo'ldi. Agarda ular vaziyatlardan foydalanishganida hisob yirik ko'rinish olishi ham mumkin edi. Futbol shunisi bilan qiziq oldindan bir narsa deb bo'lmaydi. O'yin endigina yakunlandi. SHu sababli keskin fikr bildirish mumkin. Barchasini o'zinglar ko'rdinglar. Hozir biror-bir nima deganim bilan natija o'zgarishsiz qoladi. Bir so'z bilan aytganda buni foydasi bo'lmaydi.

Ilhom Mo'minjonov (“Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi): - Muborakda uchralgan alamli mag'lubiyatdan keyin “Metallurg” jamoasiga qarshi uchrashuvda jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rgandik. O'z navbatida raqib jamoa o'yinini futbolchilar birgalikda ko'rib chiqqandik. Xudoga shukurki, yigitlar bugun o'zlarini g'alabaga loyiq ekanliklarini ilk daqiqalardanoq namoyish etishdi. Buning samarasi o'laroq 2:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdik. Garchi “Metallurg” jamoasining so'nggi turlarda omadi kelmagan bo'lsada jiddiy raqiblar sirasiga kiradi. O'z maydonimizda to'p surganligimiz sababli qanday holat bo'lishidan qatiy nazar yutishimiz kerak edi. Yakunda muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Ishqibozlarimizga jamoani qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun rahmat aytaman. Darko Stanoevich aslida qanot futbolchisi sanalmaydi. O'ng qanot himoyasida Bu joyda Abbos Otaxonov va Jahongir Mehmonovlar ham o'ynay olishadi. Hozirda ulardan Darko kuchliroq bo'lganligi sababli uning xizmatlaridan aynan o'ng qanot himoyasida foydalanyapmiz. O'yini biroz o'xshamadi va hujumkor o'yin ko'rsata olmadi. Keyingi o'yinlarda yanada yaxshiroq harakat qiladi deb o'ylayman. Abbos Maxstaliev ayni paytda optimal sport formasida bo'lmaganligi sababli uni maydonga tushirmadim. Mashg'ulotlarda yaxshi ishlab yana oldingi sport formasiga qaytadi deb o'ylayman. CHunki, u kuchli futbolchilar sirasiga kiradi va tez orada asosiy tarkibga qaytadi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика