So’nggi yangiliklar

09:17Пролига ҳам қайтмоқда. 11-турнинг расмийлари маълум  0 08:46Opta АПЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини эълон қилди  1 08:15Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  5 07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  3 07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  4 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  4 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  2 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0

"Navbahor" - "Metallurg" o'yiniga oid malumotlar Yangiliklar

"Navbahor" - "Metallurg" o'yiniga oid malumotlar

Bugun Superliganing 9-turidan o'rin olgan uchta uchrashuv bo'lib o'tadi.

"Navbahor" o'z maydonida "Metallurg" bilan kuch sinashadi. Namangandagi markaziy stadionda kechadigan bahs 18:40da boshlanadi. Quyida o'yinga doir malumotlarni keltirib o'tamiz. 


"Navbahor"

- "Navbahor" turnir jadvalida 12 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati 14-10. 

- "Navbahor" uy maqomidagi o'yinlarda shu paytgacha 4ta uchrashuv o'tkazib, shundan ikkitasida g'olib chiqqan. 

- Bu jamoa qatorasiga besh o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti: uch g'alaba va ikki durang. 

- "Navbahor" Namangandagi stadionda ikki bor maydonga tushib, ikkalasini ham g'alaba bilan tugatdi. 

- Andrey Kanchelskis shogirdlari bungacha o'z uylarida "Surxon"ni 3:0 va "So'g'diyona"ni 3:1 hisobida mag'lub etishdi. 

- "Navbahor" shu paytgacha "Metallurg"ga qarshi 44ta o'yin o'tkazib, shundan 20tasida g'olib chiqqan. 


"Metallurg"

- Bekobod klubi turnir jadvalida 11 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda. To'plar nisbati 13-9.

- "Metallurg"ning safarda hozircha ishlari yurishayotgani yo'q. Negaki jamoa to'rtta o'yin o'tkazgan bo'lsa, shundan uchtasida mag'lubiyatga uchrab, bir marta durang qayd etgan. 

- "Metallurg" oxirgi ikki turdan beri g'alaba qozona olmayapti: bekobodliklar hisobida bittadan durang va mag'lubiyat bor. 

- "Metallurg" oxirgi uchta safar uchrashuvining hammasida imkoniyatni boy berdi. Jamoa "Dinamo", "So'g'diyona" va "Paxtakor"ga qarshi bahslarda yutqazib qaytdi. 

- "Metallurg" shu paytgacha "Navbahor"ga qarshi 44ta o'yin o'tkazib, shundan 12tasida g'alabaga erishgan. 


Oxirgi 5 o'yin 

2018 yil. Ikkinchi bosqich. "Navbahor" - "Metallurg" 0:0 

2018 yil. Birinchi bosqich. "Navbahor" - "Metallurg"  3:0 

2017 yil. "Navbahor" - "Metallurg" 2:1 

2016 yil. "Navbahor" - "Metallurg" 0:1 

2015 yil. "Navbahor" - "Metallurg" 2:2 

Namanganda kechgan oxirgi beshta uchrashuvning ikkitasida "Navbahor" g'alaba qozongan. Yana ikki o'yin durang natija bilan yakun topgan va bir marta "Metallurg" g'alaba qozongan. Oxirgi ikki o'yindan beri "Navbavhor" bu raqibidan gol o'tkazmayapti.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика