So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  2 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  9 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

"Navbahor" kuchayganmi yoki raqiblar kuchsizlangan? Babayan 2ta imtixonni 0ga topshirdi Yangiliklar

"Navbahor" kuchayganmi yoki raqiblar kuchsizlangan? Babayan 2ta imtixonni 0ga topshirdi

Teglar :  NavbahorOKMK
Turning afishasiga aylangan uchrashuv haqida.

OKMK

Ruben Sanchez - 75'

Superliga. 5-tur

09/04/2023, 18:05

1
:
2
Tugadi

Navbahor

Jamshid Iskanderov - 57', SHahboz Jo'rabekov - 63'

45'
90'
41'  Akrom Komilov
65'  Akrom Komilov (Irakli Ruxadze)
65'  Martin Boake (Ruben Sanchez)
75'  Ruben Sanchez
82'  Sanjar Tursunov (Oybek Rustamov)
89'  Irakli Ruxadze
90'  Dilshod Ahmadaliev (Eldor Begimov)
90'  Siyavash Haqnazariy (Mirzhahon Mirahmadov)
47'  Jamshid Boltaboev
57'  Jamshid Iskanderov
63'  SHahboz Jo'rabekov
73'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Shohruz Norxonov)
78'  SHahboz Jo'rabekov (Asadbek Sobirzhonov)
84'  Abror Ismoilov (Farrux Ikromov)

Ikki xil "Navbahor"

Uchrashuv avvalida aytganimdek ikki teng kuchli jamoalar to'qnashuviga guvoh bo'ldik. Ikki jamoa ham ochiq o'yin ko'rsatishga imkoniyatlari etardi va amalda ham shunday bo'ldi. Birinchi bo'limda vaziyatlarning keskinlik darajasini olganda ustunlik "Navbahor"da ekanligini, gol urish uchun yaqin kelganini aytish mumkin. 26-daqiqadayoq hisobni ochilishiga OKMK futbolchilari darvoza to'siniga rahmat aytishlari kerak edi. Boltaboevning zarbasi aynan to'singa tegib qaytdi. Maydonda ko'rinmas ishni bajaradigan "lochinlar"ning yashirini quroli ko'p hollarda zarba poziciyaga chiqib borib gol urishga harakat qiladi. Ammo bu safar emas. 35-daqiqaga kelib yana Boltaboev zarba yo'lladi. Bu safar Valijon Rahimov darvozada kim turganini bir eslatib qo'ydi, tamom. OKMKga nisbatan "Navbahor"da birinchi bo'limda ochiq xududlar ko'p bo'ldi. Ikkinchi bo'limga kelib adolat tomonlama ham haqli ravishda "lochinlar" penaltidan hisobni ochishdi. Lekin shundan so'ng ustunlik to'laligicha raqib tomoniga o'tdi. Darvoza tomon aniq zarbalar kamaydi. Umuman "Navbahor" kecha 90 daqiqa davomida 2 bor aniq zarba yo'lladi. OKMKda bu ko'rsatkich 4tani tashkil qildi. Samvel Babayan ham matbuot anjumanida: "Hisobda oldinga chiqqanimizdan so'ng futbol o'ynamay qo'ydik va g'alabani qo'ldan chiqardik",- degan fikrni bildirdi. 



Samvel Babayan 2ta muhim imtixondan o'ta olmadi 

Darhaqiqat, Samvel Babayan chempionlik uchun bu yil o'z falsafasi va o'yin principlaridan voz kechmoqda. Deylik "Navbahor" o'tgan yillarda Babayan boshqaruvida asosan bitta gol yoki 1:0, 2:1, 1:1 kabi kichik hisoblarda natijani qo'lga kiritayotgandi. Bu yil nisbatan hujumkorlikka katta urg'u qaratyapti, oldingi chiziq vakillari asosiy planga chiqmoqda.  Jamoa hozirgacha 5ta turning 3tasida 3:0 hisobida g'alaba qozondi va 9 ochko jamg'ardi. O'tgan mavsumda faqat bitta o'yindagina raqib darvozasiga 3ta to'p kiritgan edi (OKMK 3:1).  SHunday fikrlayapmanku, chuchvarani hom sanaganimni anglayapman. Bu erda raqiblarning darajasini ham hisobga olish zarur. "Metallurg", "So'g'diyona", "Qizilqum" bu yil yaxshigina kuchsizlandi. "Navbahor" ilk turlarda shundan foydalanib qoldi, xolos. Samvel Babayan gvardiyasi kuchli raqiblardan faqat "Paxtakor"  va OKMK bilan o'ynadi va ikkisida ham bir xil 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. 9 ochko ham ochko, lekin chempionlikni maqsad qilgan jamoa asosiy raqobatchilarini yutmas ekan, 1996 yilgi xotiralar bilan yashashga majbur bo'ladi. Taqqoslaydigan bo'lsak, jamoa o'tgan yili 26ta turda 3ta mag'lubiyatga uchragan, yakunda 1 ochko etmay qolgandi. Ayni paytda esa 5ta turda 2 bor 3 ochkoni qo'ldan boy berdi va ikkisi ham raqobatchilardan. Ikkinchi davrada bu jamoalar Namanganga tashrif buyurishadi. O'shanda "Navbahor" revansh olsa hech gapmas. Uyda devorlar ham yordam beradi, ahir. 

Keyingi uchrashuvlar

Taqvim "Navbahor"ga buyog'iga nisbatan engil raqiblarni taqdim qilmoqda. 14 aprel kuni Namanganda "Andijon"ni qabul qilsa, oradagi kubok bahslaridan so'ng Yaypanga "Turon" maydoniga safar qiladi. Oyning so'nggida o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qiladi. Kimga qanday bilmadim, shaxsan men bu bahslarda "Navbahor" xotirjam g'alaba qozonadi, deb ayta olaman. 

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика