So’nggi yangiliklar

17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  5 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  7 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  2 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  1 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  11 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  5 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  16 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  3 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  14 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11

"Navbahor" katta qadamni tashladi. "Paxtakor"da umid uyg'ondi. 3-turdan so'ng guruhlardagi vaziyat +jadval Yangiliklar

"Navbahor" katta qadamni tashladi. "Paxtakor"da umid uyg'ondi. 3-turdan so'ng guruhlardagi vaziyat +jadval

OCHL guruh bosqichi uchinchi turida O'zbekiston nomidan qatnashayotgan 4ta klubimiz turli natijalarni qayd etdi.

OKMK mag'lubiyatga uchrab guruhdan chiqish imkoniyatini deyarli qo'ldan boy bergan bo'lsa, "Navbahor" navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi. "Nasaf"da alamli mag'lubiyat. "Paxtakor" esa uchinchi turga kelib ilk uch ochkosini ishladi. Xo'sh, guruhlarda vaziyat o'zgardimi?


"A" guruhidagi holat 

"Paxtakor" musobaqadagi dastlabki ikki turdan so'ng guruhda oxirgi o'rinni egallab turgandi. "Ahal" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoa ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Guruhdagi narigi o'yinda "Al Ayn" "Al Fayha"ni taslim qildi. Endilikda 3ta jamoada bir xil 3 ochkodan mavjud. Ochkolar teng kelgan vaziyatda jamoalarning o'zaro o'yinlardagi to'plar nisbati asosiy planga chiqadi. 

1. "Paxtakor". 3-2

2. "Al Fayha". 2-1

3. "Ahal". 1-3

"Paxtakor" 20 yil avval bo'lgani kabi OCHL doirasida Turkmaniston jamoasidan osonlikcha ustun keldi. 2003 yil Tachmurod Agamurodov boshchiligidagi "Paxtakor" "Nisa"ni mag'lub etgandi (3:0). Jamoa endi 7 noyabr kuni Ashhabodda "Ahal" mehmoni bo'ladi. Noyabr oyining 28 sanasida SHackix shogirdlarini BAAda "Al Ayn" imtixoni ham kutib turibdi. 5 dekabr kuni Toshkentda "Al Fayha"ni qabul qiladi. Guruhdan faqat eng yaxshi 3ta ikkinchi o'rin egalari chiqishini eslatib o'tish joiz. 


"B" guruhidagi holat

"Nasaf" 2ta turdan so'ng peshqadam bo'lib turgandi. "SHarja" bilan o'yindagi g'alaba esa etakchilikni mustahkamlardi. Safardagi mag'lubiyatdan so'ng "SHarja" bilan joy almashdi. SHunga qaramay, "ajdarlar" ayni paytda eng yaxshi ikkinchi o'rinlar reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. 6 noyabr kuni BAA jamoasi Qarshiga keladi. Umid qilamizki, "Nasaf" mehmondagi mag'lubiyatga revansh olishni uddasidan chiqadi. 

"Ajdarlar" BAA klublariga qarshi OCHLdagi 5 mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Qiziq holat shuki, bularning barchasi Ro'ziqul Berdiev davrida yuz bergan. 

O'zbek klublari OCHLda "SHarja"ni mag'lubiyatga uchrata olayotgani yo'q. 2021 yil "Paxtakor" "SHarja" bilan ikki o'yinda faqat bir ochko qo'lga kiritgandi (1:1, 1:4). 


"S" guruhidagi holat 

OKMK guruhdan chiqish imkoniyatini deyarli yo'qotdi, deya olamiz. Jarohatlar girdobida qolgan jamoa uchun asosiy etibor nuqtasi O'zbekiston kubogi finali bo'lishi tabiiy. Ungacha esa tarkibdagi yo'qotishlar masalasini hal qilib olish kerak bo'ladi. Keyingi 3ta o'yinda OKMK 9 ochko jamg'argan taqdirda ham ikkinchi o'rin uchun imkoniyat bo'lmasligi mumkin. Qolgan jamoalar shunchaki qarab turmaydi-ku! 

O'zbekiston klublari OCHLda 2016 yildan buyon "Sepaxon"ni mag'lub eta olmayapti. So'nggi bor "Lokomotiv" isfaxonliklardan ustun kelgandi.

07.07.2022. "Paxtakor" - "Sepaxon" 1:3

22.04.2022. "Sepaxon" - "Paxtakor" 2:1

23.10.2023. OKMK - "Sepaxon" 1:3

 Ushbu klub OCHL doirasida mamlakatimizda oltinchi marta maydonga tushdi va ikkinchi bor g'alabaga erishdi. 

"Sepaxon" klubining OCHL doirasida O'zbekistondagi barcha o'yinlari: 

2004 "Neftchi" - "Sepaxon" 1:3

2008 "Bunyodkor" - "Sepaxon" 2:0

2009 "Bunyodkor" - "Sepaxon" 2:2

2010 "Paxtakor" - "Sepaxon" 2:1

2016 "Lokomotiv" - "Sepaxon" 1:0 

2023 OKMK - "Sepaxon" 1:3

"D" guruhidagi holat

"Navbahor" dadil odimlashda davom etyapti. "Nassaji Mazandaran" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng 7 ochko bilan ikkinchi o'rinda qoldi. Ikkinchi o'rinlar reytingida "lochinlar" birinchi bo'lib turibdi va keyingi bosqichiga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga egalar.

"Nassaji Mazandaran" va "Mumbay Siti" maydonidan g'alaba bilan qaytishini taxmin qilsak, guruh g'olibligini "Al Hilol" bilan o'yin hal qiladi. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика